Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Shukurillo Isroilovdan yaxshi kayfiyatning 5 siri

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Shou-biznes
  1. Insonni yaxshi kayfiyati faqat o`zigagina bog`liq emas. Uyingizga do`stlarni taklif qiling, ularning kelishiga kattami-kichik tayyorgarlik ko`ring, taom pishirish, kutilmagan «syurprizlar» degandek. Kayfiyatingiz 100 foiz o`zgarmasa, men kafl.
  2. Bundan tashqari, insonning kayfiyatiga jismoniy tarbiya ham tez ta`sir ko`rsatadi. Uyg`onganingizda o`zingizni lanj sezayotgan bo`lsangiz, menga o`xshab musiqa ohanglari ostida badantarbiya qiling.
  3. Kayfiyatingiz tushkun bo`lsa, o`zingizni chalg`itishga urining. Masalan, men bunday paytlari quvonchli kunlarim tasviri tushirilgan surat va video tasvirlarni tomosha qilaman. Aytib qo`yay, xohish bo`lmagan ish bilan shug`ullanish esa foydasiz.
  4. Kim aytdi faqat ayollar do`konma-do`kon yuradi deb? Bu bo`lmagan gap! Har bir inson o`zi istagan buyumini xarid qilib, kayfiyatini ko`tarsin! Zero, o`ziga ma`qul bo`lgan har qanday narsa sizga yaxshi ta`sir ko`rsatadi.
  5. Ba`zi-ba`zida o`zimizga o`zimiz baho ham berib turishimiz ham kerak. Misol uchun, «men iste`dodliman, menga havas qilishadi…» Ishoning, buning natijasi a`lo bo`ladi.
Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии