Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Barak Obama hayrlashuv nutqi vaqtida yig`lab yubordi (VIDEO)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Barak Obama, AQSh

Seshanba kuni Barak Obama prezidentlik vakolatini topshirishdan oldin Chikagoda hayrlashuv nutqi bilan chiqdi.

U lavozimini optimistik kayfiyatda tark etayotganini ma`lum qildi, deb yozadi CNN. “Kelajak yaxshi qo`llarda”, - deya ta`kidladi sobiq mamlakat rahbari. 

Obama amerikaliklarga o`zi va turmush o`rtog`i Mishelni qo`llab quvvatlagani uchun minatdorchilik bildirdi. “10 kundan so`ng butun dunyo demokratiyamizning ajralib turuvchi tomonini ko`radi – ya`ni hukumatni bir prezidentdan ikkinchi prezidentga o`tishini”, — dedi Obama.

“Sizlarga xizmat qilish men uchun sharaf edi”, — dedi prezident so`zining ohirida. 

Shuningdek Obama turmush o`rtog`i Mishel va qizlariga minatdorchilik bildirib, ularni hayotidagi eng katta yutug`i deb atadi. Ushbu hissiyotlarga to`la onlarda AQSh prezidenti va uning to`ng`ich qizi ko`z yoshini tiyib tura olmadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии