Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Suyganingiz bilan munosabatni yaxshilashning 15 qoidasi

Бўлимлар: Lady
Теглар: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin, SUGDIYONA

Har bir inson sevish va sevilishni istaydi. Ammo bu baxt hammaga ham nasib etavermaydi. Xo`sh, muammo nimada? Yaqin insonlaringiz bilan munosabatlarni yaxshilash va saqlab qolishning ruhshunoslar tomonidan tuzilgan qoidalari bu savolga javob berishda qo`l keladi.

1. Avvalo, ikkinchi yarmingiz munosabatlaringiz haqida qanday fikrda ekanini bilishingiz kerak. Axir o`zingizga nisbatan samimiy, ochiqko`ngil bo`lmagan insonga ko`ngil qo`yishni istamaysiz-ku?!

2. Bir-biringizga nisbatan o`zaro ishonch ortishi uchun hamisha to`g`riso`z bo`ling. Birgina yolg`on munosabatlardagi eng muhim jihat — ishonchni susaytirishi, keyinchalik turli gumonlarga sabab bo`lishi mumkin.

3. Juftingiz bilan bitta komanda bo`ling. Munosabatlaringiz uzoq davom etishi uchun bir maqsad sari intilishingiz kerak.

4. Sevgilingizni qaysidir jihatdagi kamchiliklari bilan birga, boricha qabul qilishni o`rganing. Er yuzida mukammal inson yo`q. Biz har xil bo`lganimiz uchun ham hayot qiziq. Agar juftingizning biror odati, qilig`i sizga ma`qul bo`lmasa, buni o`ziga ochiq ayting. Nega bunday qilishini uning o`zi tushuntirishiga imkon bering. Shundagina murosaga kelishingiz mumkin bo`ladi.

5. Muammolarni ular paydo bo`lgan zahoti hal qilishga kirishing. Agar echimni keyinga qoldiraversangiz, muammolar shiddatli oqimga aylanib, munosabatlaringizdan asar ham qoldirmaydi.

6. Juftingizni eshitishni o`rganing. Shunday qilsangiz, unga tayanch bo`la olishingizni his qiladi.

7. Bir-biringizga nisbatan qalban yaqinlik hissi ortib borishiga harakat qiling. Bu hech qachon o`zdan-o`zi yuzaga kelmaydi va shusiz insonlar bir-birini qiziqtirmay qo`yadi.

8. Kelajak rejalaringiz haqida gaplashing. Ammo nikohingizni hayotingizning qolgan qismini birga o`tkazish haqidagi «shartnoma»ga aylantirib qo`ymang.

9. Shaxsiy gigienangizga e`tiborli bo`ling. Uning munosabatlaringizdagi roliga ahamiyatsiz qaramang.

10. Agar qalbingizda salbiy hislar uyg`onsa, ulardan uxlashag yotguncha qutulishga harakat qiling.

11. Kechirim so`rashdan qo`rqmang. Har birimiz xato qilamiz va ularni tuzatishga qanchalik tez urinsak,bu shuncha yaxshi.

12. O`z hurmatingizni saqlang va qadringizni biling. Siz o`zingizni yaxshi ko`rsangiz, ikkinchi yarmingizga sizni yaxshi ko`rish oson bo`ladi.

13. Munosabatlaringizni yangi qiziqishlar bilan boyiting. Masalan, shu paytgacha ikkingiz ham shug`ullanmagan sport turi bilan mashg`ul bo`ling.

14. O`zaro hamkorlik qiling. Majburiyatlarni bo`lishib oling. Hamkorligingiz qanchalik haqqoniy bo`lsa, munosabatlaringiz ham shunchalik yaqin bo`ladi.

15. Salomatligingizga jiddiy e`tibor bering. Mustahkam sog`lik — har qanday munosabatlar muvaffaqiyati garovidir.

Psixologiya fanlari nomzodi Anjim ShAMShETOVA tavsiyalari asosida NILUFAR tayyorladi

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии