Fotojumboq: Internet “uchoyoqli” qiz jumbog`i ustida bosh qotirmoqda, aslida...

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Foto, Qiz
Добавлено: 11.01.2017, 17:12

Internet-foydalanuvchilar “uchoyoqlik” qizning jumbog`i ustida bosh qotirishmoqda.

Mazkur surat Imgur forumida paydo bo`ldi. Saytning o`n minglab foydalanuvchilari optik illyuziyaning sirini tushunishga urunishmoqda, ammo aksariyat ishtirokchilar gap nimadaligini bilolmay hayron, deb yozadi Independent nashri.

Suratda “uchoyoqli” qizning surati aks etgan. Uni AMassiveTRexHoldingaBaby nikli foydalanuvchi joylagan. Mazkur jumboqni topish uchun unga bir daqiqa vaqt kerak bo`lgan, keyin esa uning miyasi jumboqning echimini topishga muvaffaq bo`lgan.

Aksariyat internet foydalanuvchilarning bunga aqllari etmagan. Ayrimlar qiz yostiq ustida o`tiribdi deya tahmin qilgan. Biroq suratning siri u qadar murakkab emas.

Yaxshilab e`tibor berilsa, qiz o`ng oyog`i oldida qo`lida ko`za ushlab turganini ko`rish mumkin, ushbu ko`za uning tizzasi va ko`ylagi bilan uyg`unlashib ketmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии