Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Kafe, restoran va to`yxonalardan tushadigan mablag`lardan xonandalarga gonorar to`lash taklifi ilgari surildi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:

Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov bugun bir necha nafar fuqaroni qabul qildi.

Uchrashuv chog`ida fuqaro Ilya Lein sohadagi ijodiy faoliyatni takomillashtirish, professional san`atni to`g`ri yo`naltirish, teatrlar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha o`z takliflarini izhor etdi. Turgan gapki, uning taklif va tavsiyalari inobatga olinib, tizimdagi shu soha mutaxassislariga ko`rsatmalar berildi.

Fuqaro Mirshod Mardonov ma`lum bir tashkilot qoshida bolalar teatri tashkil etish taklifini ilgari surdi. Vazir tomonidan unga javob sifatida “Bolalar teatr studiyasi” tashkil etish bo`yicha konsepsiya ishlab chiqish, “Tomosha” bolalar teatr studiyasi xujjatlaridan andoza sifatida foydalanish, mazkur studiya rahbari Nodira Qurbonova bilan maslahatlashish tavsiya etilib, bu masalaga yana qaytilishi ta`kidlandi.  

Fuqaro Mashhurbek Sattorov xonandalarning mualliflik huquqlarini talab qilib, ularning ko`ngilochar (kafe, restoran, to`yxona) maskanlardan tushadigan mablag`lardan gonorar to`lash tizimini tashkil qilish taklifi bilan chiqdi. B.Ahmedov taklifga javoban Sattorovning "O`zbekteatr” IIChB qoshidagi "Ark madad” maxsus jamg`arma mutaxassislaridan maslahat olishi, hujjatlar bilan tanishishini tavsiya etgan holda unga tizimdagi shu soha mutaxassisini biriktirdi.  

Samimiy ruhda o`tgan ochiq muloqotlar davomida  vazir fuqarolar tomonidan berilgan yana ko`plab savollarga javob qaytardi. Savol va takliflar bo`yicha tizim tashkilotlari rahbarlariga aniq ko`rsatmalar berdi. Bunga javoban ko`pdan buyon qiynayotgan muammo va takliflar hal etilishiga ishonch bildirgan fuqarolar ham o`z minnatdorligini bildirishdi.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии