Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekistonda avtotransport xizmatlarini rivojlantirishga kelgusi 5 yilda 840 milliard so`m yo`naltiriladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 11.01.2017, 22:12

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 10 yanvar kuni “Aholiga transport xizmati ko`rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo`lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Qaror imzoladi.

Qarorning to`liq matni va uning sharhi O`zAda keltirilgan.

Qabul qilingan qaror O`zbekistonning shahar va qishloqlarida, birinchi navbatda qishloq joylarda avtotransport xizmatlari bilan ta`minlashni yanada yaxshilashga, yo`lovchilar tashish xavfsizligini oshirishga qaratilgan. 

Buning uchun 2017-2021 yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish Dasturi tasdiqlandi. Kelgusi 5 yil mobaynida ushbu Dasturni moliyalashtirishga 840 milliard so`mdan ziyod, asosan “O`zavtosanoat-lizing” va boshqa lizing kompaniyalarining mablag`lari, tijorat banklari kreditlari, xususiy investorlarning o`z mablag`lari, shuningdek, mahalliy byudjetlar mablag`lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag`lar yo`naltiriladi. 

Qarorga ko`ra, 2017-2021 yillarda 303 ta yangi yo`lovchi tashish yo`nalishi, ulardan 240 tasini (79,2 foizi) shahar atrofida va qishloq joylardan o`tadigan shaharlararo qatnovlarda ochish nazarda tutilmoqda. Yangi yo`nalishlar ochish bilan birgalikda, asosan avtobuslar etishmasligi tufayli qatnov to`xtatilgan yo`nalishlar tiklanadi. 

Kelgusi 5 yilda 8,6 mingta yo`lovchi tashish avtomobili, shu jumladan, 5,7 mingta umumiy foydalanishga qulay mikroavtobus sotib olinadi. 

Avtostansiyalar, to`xtash bekatlari engil konstruksiyalardan va asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan arzon materiallardan (metall konstruksiyalar, sendvich-panellar va shu kabilardan) foydalangan holda namunaviy loyihalar bo`yicha quriladi.

Qarorda lizing kompaniyalari va tashuvchilarning o`zlari yangi sotib oladigan mikroavtobuslar uchun Respublika yo`l jamg`armasiga to`lanadigan yig`im to`lovidan ozod qilinishi nazarda tutilgan. 

Bundan tashqari, yuridik shaxslar shahar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo`nalishlarda (qishloq joylarda) avtobuslarda yo`lovchilar tashish hajmi bo`yicha yagona soliq to`lovidan ozod qilinmoqda. 

Dasturning amalga oshirilishi yuzasidan ishchi guruh muntazam monitoring olib boradi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari – “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J.Ramatov zimmasiga yuklatildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30