Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Qora dengiz ustida Tu-154 halokati: mutaxassislar terakt tahminini mutlaqo istisno qilishdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 12.01.2017, 09:55

Rossiyaning Tu-154 samolyoti Qora dengizda halokatga uchragani sabablarini o`rgangan mutaxassislar  terakt taxminini mutlaqo istisno qilishdi. Ushbu xulosaga samolyot qoldiqlarining texnik portlash ekspertizasi yakunlanganidan so`ng kelindi. Ayni damda halokatning asosiy taxmini ekipajning xatosi bo`lib qolmoqda.

Samolyot saloniga o`rnatilgan bombaning portlash to`lqini samolyot konstruksiyasiga zarar etkazadi. Ekspertlar halokatni o`rganayotganda bunday holatni topishmadi. Shuningdek samolyot erdan urib tushirilganligiga guvohlik beruvchi hech qanday omil ham yo`q.

Terakt halokatning asosiy taxmini emasligi haqida avvalroq Transport vaziri Maksim Sokolov aytgan edi. Shuningdek FQB ham samolyot bortida terakt yoki qo`poruvchilik alomatlari yo`qligini ma`lum qilgan.

Eslatib o`tamiz, Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli Tu-154 samolyoti Sochi aeroportidan parvoz qilganda Qora dengizga qulagan. 25 dekabrning erta tongida mazkur halokat sabab 92 kishi qurbon bo`lgan. Ularning barchalari Suriyaga yo`l olishgandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25