“Tolibon”lar tomondan asirga olingan professorlar Trampdan qutqarishni iltimos qilishdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 12.01.2017, 10:59

Bunday besh oy ilgari “Tolibon”lar tomonidan o`g`irlanib, asirga olingan amerikalik va avstraliyalik professorlar AQShning yangi prezidenti Donald Trampdan ularni ozod qilishda yordam berishni iltimos qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Professorlarning iltimosi aks etgan videorolik 11 yanvar kuni YouTube ga joylashtirildi. Nashrning xabar qilishicha, bu professorlarning yo`qolgandan keyin o`zlari haqidagi ilk xabaridir. 

13 daqiqalik videorolik davomida professorlar ularni qutqarishni, asirga olganlar bilan muzokara o`tkazishni Trampdan yalinib-yolvorib, iltimos qilishgan. Toliblar bu videorolik orqali professorlarning o`rniga qo`lga olingan bir nechta jangarilarni ozod qilishni ko`zda tutganligi ko`rinib turibdi.

60 yoshli AQSh fuqarosi Kevin King va 48 yoshli avstraliyalik Timoti Jon Uikslar 2016 yilning 7 avgustida Afg`onistondagi universitetda dars berayotganlarida toliblar tomonidan asirga olingan.

Sentyabr oyida AQSh qurolli kuchlari tomonidan professorlarni qutqarish bo`yicha maxsus tadbir o`tkazildi. Ammo u muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Maxsus bo`linma askarlari voqea joyiga etib kelib, bir nechta jangarilarni yo`q qilgan bo`lsa-da, asirga olingan professorlarni topolmagan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27