Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Sayyoraning eng badavlat insonlaridan biri Mark Sukerberg qanday yashaydi?(Foto)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Foto, Boylik, Facebook

Mark Sukerberg—dasturchi va Facebook ijtimoiy tarmog`i asoschisi sayyoramizning eng badavlat insonlaridan biri hisoblanadi. 

Boshqa boylarning uylari bilan solishtirilganda uning ham uyi dabdali bo`lsa kerak, degan tasavvur uyg`onadi. Biroq, unday emas!

Yaqinda Mark Sukerberg internetga o`zining yangi Jarvis deb nomlangan “aqlli” uyi aks etgan videoni joylashtirdi. Sun`iy intellekt haqida gapirar ekan, Sukerberg tasvirga olish guruhi uchun uyi bo`ylab sayohat uyushtirdi. 

Qanchalik hayratlanarldi bo`lmasin, milliarderning uyida Donald Trampga xos bo`lgan dabdabadan asar ham yo`q. Uy xonalari dizayni o`ta sodda va kamtarona.

Sukerberg Palo-Altoda joylashgan uyi dizaynini namoyish etdi. Mark o`z oilasi bilan yashaydigan xonalardan bir nechtasi kamera ob`ektiviga tushib qoldi. 

Bu uyni Mark bir necha yillar avval 7 milliard dollar evaziga xarid qilgan edi. O`shandan beri uyning dizayni umuman o`zgarmagan.   

Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla o`zlarining sahovatpesha ekanligi bilan nom qozongan. Ular till taqinchoqlar, hashamdor zebu-ziynatlarga emas, hayriya ishlariga pul sarflashadi.

Mark Sukerberg Facebook aksiyalarining 99 foizini ya`ni 45 milliard dollarni hayriya ishlariga sarflashini ma`lum qildi. Bu esa uning naqadar ochiq qo`l va saxiy ekanligidan dalolat!

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии