Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekiston Qurolli kuchlarining 25 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati bo`ylab tadbirlar o`tkazilmoqda

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 12.01.2017, 12:20

Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi Toshkent viloyati bo`limi mas`ul va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” O`zbekiston Qurolli kuchlarining 25 yilligi munosabati bilan, Toshkent viloyati barcha tuman, shaharlarda joylashgan harbiy qismlarda va keng jamoatchilik o`rtasida ma`naviy-ma`rifiy, madaniy tadbirlar tashkil etildi. Bu haqda viloyat Ma`naviyat targ`ibot markazi rahbari Mahmud Nazarov xabar berdi.

Tadbirda yozuvchi shoirlar Mahmud Toir, Botir Ergashev, Mirzo Karim, Ashurali Boymurod, Zarifa Eralieva, Azizbek Turdiev, O`zbekiston halq artisti Gavhar Zokirova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Ra`no Yarasheva, Lola El`toeva, Tohir Saidov, O`zbek milliy akademik dramma teatri aktyori Sharofiddin Muzrobov, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi a`zosi “Qatag`on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori o`rinbosari Murod Zikurillaev, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi o`rinbosari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi raisi o`rinbosari Gulnora Ma`rufova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Anvar G`aniev, Ilhom Parmonov, Estrada xonandalari Lobar Umarova, Laylo Alimova, Zoxid Yusupov, “Shosh navolari” ansambli xonandalari  Aziz Eraliev, Aziz Xusanov, Elyor Elchiboev, Baxtiyor Toirov, Dilbar Nazirova, Ra`no Qosimova, Moxira Kamalovalar  ishtirok etishdi.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25