Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Rayhon: “Ozodbek Nazarbekov bilan duet kuylaganimdan afsuslanaman”

Бўлимлар: Shou-biznes

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva fevral oyida bo`lib o`tadigan konsert dasturiga qizg`in ravishda tayyorgarlik ko`rilayotganini bildirdi. Jumladan, xonanda yangi konsertda bir nechta yangi duetlar kuylanishi va ularning o`tgan yilgi konsertlardagi duetlardan farqi haqida “Sayyod.com” nashriga bergan intervyusida aytib o`tdi

“Yubiley konsertimda bir nechta duet taronalar ijro etildi. Har bir blokdan duet taronalar o`rin oldi. Biz shoshib ishladik. Shuning uchun ham duetlar xit darajasiga ko`tarilmadi. Har bir konsertimdan so`ng yo`l qo`yilgan xatolarni o`rganaman va ularni kelgusi yillarda takrorlamaslikka urinaman. Xit bo`lmagan duet taronalar bizning katta xatoimiz. Masalan, Ulug`bek Rahmatullaev bilan kuylangan yangi yo`nalishdagi duet kutilgan natijani bermadi. Qo`shiq muxlislar tomonidan o`ylaganimizdek yaxshi kutib olinmadi. 

Shuningdek, men O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bilan kuylagan duetimdan ham afsuslanaman. Bu falsafiy ma`nodagi shunchaki bir qo`shiq edi. Mana shunday buyuk san`atkor bilan shoshmashosharlik bilan qo`shiq aytganman. Aslida, Ozodbek Nazarbekov bilan birga kuylashga arziydigan, haqiqiy ma`nodagi xit qo`shiq bo`lganidagina bu qo`shiq kuylanishi kerak edi. U bilan kuylash uchun tayyorgarlik ko`rishim lozim edi. ‘Mana bu qo`shiqni kuylaymizmi, nima deysiz?’, deb so`raganimda, balki Ozodbek Nazarbekov hurmat yuzasidan rozi bo`lgandir. Biz qo`shiqni ijro etdik, biroq  u xit darajasiga ko`tarilmadi. 

Yangi konsertimda esa duetdoshlarim bilan kuylanadigan qo`shiqlar shunchaki konsert uchun yaratilmayapti, ular keyinchalik ham sevib tinglanadigan taronalar bo`lishiga umid qilamiz”—deydi Rayhon.   

Ma`lumot uchun, avvalroq Rayhon yangi konsertida Munisa Rizaeva, Ziyoda va qiziqchi Halima Ibragimova bilan duet kuylashini ma`lum qilgan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии