Rossiyalik oila 2 yoshli o`g`li Rasulning ismini Putin, deb o`zgartirdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 12.01.2017, 14:14

Rossiyaning Vladimir viloyati Aleksandrovskiy tumanida yashovchi oila ikki yoshli o`g`li Rasulning ismini Putinga o`zgartirdi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Aleksandrovskiy tuman FXDYo bo`limi mudirasi Ekaterina Belousning ma`lum qilishicha, bo`limga 2 yoshli o`g`li Rasulning ismini Putinga o`zgartirish masalasi bilan yosh oila murojaat etgan.

“Bola Moskvada tug`ilganiga va o`sha erda tug`ilganligi qayd etilganiga qaramay, er-xotin bizning tumanda yashaydi. Biz Moskva shahriga so`rovnoma yuborib, tegishli hujjatlarga o`zgartirish kiritishni so`radik. Kuni kecha bolaga tug`ilganlik to`g`risida yangi guvohnoma berildi. Enid uning ismi-sharifi Rasul Jo`raev emas, balki Putin Jo`raev bo`ldi. Uning to`liq ismi- sharifi Putin Jahongirovich Jo`raevdir”, deb ma`lumot berdi Ekaterina Belous.   

Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, Jo`raevlar aslida tojikistonlikdir. Hozirda ular Rossiyaning Vladimir viloyati, Aleksandrovskiy tumanidagi Legkovo qishlog`ida yashaydi. Bolaning ismini o`zgartirishni, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ashaddiy ixlosmandi bo`lgan buvasi xohlagan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27