Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Go`zallik tanlovi g`olibasining yuziga kislota sepib yuborishdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Jinoyat, Go`zallik

Italiyaning “Miss Romanya” nomli go`zallik tanlovi g`olibasi 28 yoshli Jessika Notaro sobiq sevgilisi tomondan yuziga sepilgan kislota tufayli og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Voqea kurort shaharlardan biri bo`lgan Rimini shahrida ro`y berdi. Qizning sobiq sevgilisi, 29 yoshli, asli kelib chiqishi Kabo-Verdedan bo`lgan Edson Tavares uni uyi oldida poylagan. Qiz ko`chaga chiqqanda yuziga kislota sepgan. Oqibatida Jessika og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Uning yuzi, oyog`i, soni kuygan. Hozirda uning ko`ziga, ko`rish qobiliyatiga ziyon etmagan, deb hisoblanmoqda.

 

Edson Tavares qamoqqa olingan. Jessika bundan ilgari ham Edsonning qo`pol harakatlari to`g`risida polisiyaga murojaat qilgan. Ular ma`lum muddat birga yashashgan. Bundan bir yil muqaddam qiz munosabatlarga chek qo`ygan. Shundan keyin Edson qizning orqasidan poylab, qasd olishini aytib, qo`rqitgan. Jessika Notaro 2007 yilda “Miss Romanya” go`zallik tanlovida g`alaba qozongan. Shundan keyin milliy go`zallik tanlovlarida qatnashib, finalgacha etib borgan. Oxirgi paytda Jessika Notaro Rimini shahar delfinariyasida ishlab, dengiz mushuklarini mashq qildirgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии