Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

“Orzu layneri”ning Toshkentdan Rigaga parvozi shov-shuvlarga sabab bo`ldi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Salomatlik
Добавлено: 12.01.2017, 15:04

Shu kunlarda Latviyaning qator ommaviy axborot vositalari o`z elektron portallarida Toshkent - Riga - Toshkent aviayo`nalishi birinchi marotaba “Boeing-787 Dreamliner” samolyoti vositasida amalga oshirilayotgani haqidagi xabarni tarqatmoqda. Ilgari ma`lum qilinganidek, “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi o`tgan yilning avgustida ana shu rusumdagi havo laynerning sohibi bo`lgan edi, deb yozadi “Jahon” AA.

Latviya ommaviy axborot vositalari “Bu voqea Latviya va O`zbekiston o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlanib borayotganining tasdig`i bo`ldi”, deya tavsiflashmoqda.

Ushbu mavzuga bag`ishlangan xabarlarda “Orzu layneri” eng zamonaviy dvigatel bilan jihozlangani, kam shovqin chiqarishi va minimal darajada yoqilg`i sarf qilishi bilan boshqalaridan ajralib turishi alohida ta`kidlanadi.

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasida mazkur zamonaviy havo kemasiga xizmat ko`rsatadigan tegishli infratuzilma tayyorlangan, 2 uchuvchi-instruktor va 18 nafar uchuvchidan iborat yangi jamoa shakllantirilgan. Bugungi kunda “Uzbekistan Airways Technics” korxonasida 64 nafar mutaxassis, jumladan, 6 nafar instruktor mavjud. Ular injener-texnik xodimlarni tayyorlashadi.”, deb yozadi Latviya ommaviy axborot vositalari.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25