Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Toshkentda alimentlarni to`lamaganlik bilan bog`liq qariyb 22 mingta ish mavjud

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Toshkent

Toshkent hokimiyatida o`tkazilgan matbuot anjumanida alimentlarni to`lamaganlarga qarshi kurashish bo`yicha yangi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O`tgan yilning 1 dekabr holatiga ko`ra, Toshkentdagi sud ijrochilarida alimentlarni to`lamaslik holatlari bilan bog`liq 21,9 ming ish mavjud bo`lib, ularning 9300 tasi yoki 42 foizi so`nggi ikki yil davomida qo`shilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Bosh vazir virtual qabulxonasiga (keyinchalik — Prezident virtual qabulxonasi) Toshkent shahar Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik va mo¬liyaviy ta`minlash departa¬mentiga fuqarolardan 1524 murojaat kelib tushgan bo`lib, ularning qariyb yarmi (688 yoki 45 foizi) alimentlar to`lanmaganligiga oid shikoyatlardan iborat bo`lgan.

Mazkur muammolarni hal etish uchun 21 dekabrda poytaxt hokimiyati, prokuraturalar, jinoiy va fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar, adliya boshqarmalari, IIBB, “Mahalla” jamg`armasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda qo`shma qaror qabul qilindi.

Avvalroq 2016 yilning o`n bir oyida 1012 oila ajralishining oldi olingani haqida xabar bergandik.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии