Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Qaysi fasl malagisiz?

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар: Ayol, SUGDIYONA
Добавлено: 13.01.2017, 14:07

Insonlar tanasi, ko`zi va sochlari rangiga qarab, 4 faslga bo`linadi: qish, bahor, yoz yoki kuzga. O`zingizga mos kiyim tanlab kiyishdan avval qaysi faslga tegishliligingizni aniqlab oling. Ana undan so`ng quyidagi jadvallarga qarab kiyim xarid qilavering.

1.    Qish

Qish fasliga oid insonlar to`q rangli soch va yorqin tashqi ko`rinish bilan ajralib turadi. Qish ayollarining kunlik garderobi kontrast ranglardan iborat bo`lishi kerak. Masalan qora rangli kiyimlarni yorqin pushtirang, sariq yoki yashil rangli liboslar bilan moslashtirib kiysalar juda yarashadi. Sovuq qish ayollarining chiroyi, ayniqsa, to`q ko`k rangli kiyimlar bilan yanada go`zallashadi.  Uni oq va qizil ranglar bilan uyg`unlashtirib kiysalar maqsadga muvofiq bo`ladi.

2.    Bahor

Bug`doy rang sochli, shaftolirang yoki sutrang terili, ma`nodor ko`zli bahor ayollariga esa tabiiy go`zalligiga urg`u berish maqsadida, moviyrang, o`rikrang, binafsharang kiyimlar juda yarashadi. To`q ranglar bilan esa ehtiyotkorroq bo`lishlariga to`g`ri keladi. To`q ranglarda siyohrang va to`q shokolad rangli liboslar bilan cheklanganlari ma`qul.

3.    Yoz

Yoz ayollarini rangi oftobda toblangandek, sochlari malla va ko`zlari kulrang bo`ladi. Ular odatda yuqori did bilan kiyinadilar. Yoz ayollari garderobida ko`zga tashlanuvchi rangli kiyimlar bo`lmagani ma`qul. Xira och ranglar ularga juda yarashadi. Yoz ayollari bemalol, hech ikkilanmay, ko`k rangli, kulrang, to`q pushtirang, zaytun rang liboslarni tanlashlari mumkin.

4.    Kuz

Kuz fasliga tegishli insonlar juda kam uchraydi, ammo bor. Kashtan, yashil yoki yorqin jigarrang ko`zli, sepkilli  va oq yuzli ayollar kuz xonimlaridir. Ularga yorqin va ko`zga tashlanadigan matodan tikilgan kiyimlar juda mos. Tillarang, yashil va osmonrang liboslar ularga tabiat in`om etgan go`zalikka urg`u berib turadi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes