Долзарб мавзулар Moliya

Futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 terma jamoasi Tojikistonga qarshi o`ynaydi

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 13.01.2017, 15:17

Futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 terma jamoasi 27–28 yanvar kunlari Tojikiston U-20 termasiga qarshi o`rtoqlik o`yinlarini o`tkazadi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda

O`rtoqlik uchrashuvlari Toshkent shahrida bo`lib o`tadi.  Mazkur bellashuvlar 2017 yilning 9–21 may kunlari Tailandda, tarixda ilk marotaba o`tkaziladigan U-20 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida o`tkaziladi.

O`zbekiston termasidan tashqari futzal bo`yicha qit`a birinchiligida Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo 21 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi. 

Ma`lumot uchun, futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 terma jamoasiga ham ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendez bosh murabbiylik qilmoqda. Mendez U-20 terma jamoasiga nomzod sifatida 17 nafar futzalchini mashg`ulotlarga jalb qilgan edi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

19.09.2017, 08:39
18.09.2017, 21:48