Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

"Lokomotiv"ning 9 futbolchisi O`zbekiston terma jamoasi yig`inida ishtirok etadi

Бўлимлар: Futbol
Теглар:

Xabaringiz bor, ayni paytda "Lokomotiv" futbolchilari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Mazkur yig`in 21 yanvarga qadar davom etadi.

Jahon chempionati saralash o`yinlariga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi ham 21-24 yanvar kunlari Dubayda qisqa muddatli yig`in tashkil etadi. Bunda terma jamoamiz 22 yanvar kuni Daniya (U-23) terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu o`rtoqlik o`yiniga "Lokomotiv" futbol klubidan 9 nafar futbolchi chaqiruv oldi.

Bular – darvozabon Ignatiy Nesterov, himoyachilar Bobur Yo`ldoshev, Islom To`xtaxo`jaev, Shuhrat Muhammadiev, yarim himoyachilar Sardor Mirzaev, Server Jeparov, Sanjar Shoahmedov hamda hujumchilar Marat Bikmaev bilan Temurxo`ja Abduxoliqov. Demak, bu futbolchilar Toshkentga "Lokomotiv" tarkibida emas, balki Daniya (U-23)ga qarshi nazorat bahsidan so`ng terma jamoa bilan qaytishadi.

Shuni aytish lozim, o`tgan mavsum to`purari Temurxo`ja Abduxoliqov nihoyat ilk bor terma jamoa yig`inida ishtirok etadi. Bundan tashqari, "temiryo`lchilar" safiga yaqinda kelib qo`shilgan himoyachi Shuhrat Muhammadiev ham bosh jamoadan taklif olgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии