Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Sumkangiz fe`l-atvoringizdan so`zlaydi

Бўлимлар: Lady
Теглар: SUGDIYONA
Добавлено: 13.01.2017, 15:41

1.    Katta hajmdagi sumka

Bunday sumkani odatda, to`lib-toshib yuradigan, jo`shqin ayollarda uchratishingiz mumkin.  Ushbu sumka egasining dunyoqarashi juda keng va 100% ishonch bilan aytish mumkinki, ular juda ishchanlar. Katta sumkani xush ko`ruvchilar nima ishga qo`l urmasinlar yuksak cho`qqilarga erishadilar. Ular odatda ochilishi oson va ichiga hamma narsa joylash mumkin bo`lgan sumkalarni tanlashadi.

2.    Nafis zamonaviy sumka

Bu turdagi sumkada joy juda kam. Uning egasi, sumkaga faqatgina uy kaliti, telefon va kichik oynanigina sig`dira oladi. Didi nozik ayollar aynan shunday uslubdagilarini xush ko`rishadi. Ular vaqtlarining ko`p qismini tashqi ko`rinishlariga ajratadilar. Bunday ayollar aksariyati hatto do`konga ham pardozsiz chiqa olmaydilar. Tabiiyki, ular doimo go`zal ko`rinadilar.  Moda va go`zallik ularning jonu dili. Ular turmush qurganlaridan keyin ham sevimli garderoblariga alohida mehr berishadi. Agar bunday ayol ishlashga qaror qilsa, vaqtining asosiy qismini ishga umuman alaqodor bo`lmagan gurunglarga sarflanadi.

3.    Klatch

O`rtacha hajmdagi klatchlarni, moda olamidagi yangiliklarga qiziquvchi ayollarda uchratishingiz mumkin. Ular hech ikkilanmasdan o`z hayotlariga moda olamidagi yangiliklarni o`zlashtira oladilar. Klatch tutishni xush ko`ruvchilar yoshlari chegaralanmagan, uni istalgan yoshda tutish mumkin.

4. Juda katta hajmdagi sumka

Bunday sumkalarni ijodkor ayollar tanlaydilar. Ular doim o`zlari bilan kerakmas mayda-chuydalarni olib yurishadi. Chuqur sumka ichidan kalit yoki kerakli hujjatlarni topish qiyinchilik tug`dirishi rost. Lekin biror nimani yo`qotib qo`ygandan ko`ra shunisi durust-da.

5.    Sakvoyaj

Sifatli charm sumka ishbilarmon ayollarga xosdir. Sakvoyaj egalari aniq maqsadga, ishda esa omadga erishgan xonimlar bo`lishadi. Fe`l-atvorida har bir ishga g`ayrat bilan kirishish ustunlik qiladi. Bunday ayollar uyda ham, ishda ham buyruq berishni xush ko`rishadi. Sumka ichida qat`iy tartib saqlanadi. Xuddi shuningdek ishga bog`liq munosabatlarda ham bu qoidaga rioya qiladilar.

6.    O`rta hajmdagi bezaksiz oddiy sumka.

Mazkur ko`rinishdagi sumka sohibasi ajoyib tashkilotchidir. Uning fe`l-atvorida ajablanarli darajadagi og`irlik, bosiqlikni kuzatishingiz mumkin. U o`zi uchun asosiy narsani ajratib olib, ikkinchi darajali narsalarga ahamiyat bermaydi. Har doim nima istayotganini aniq biladi.

7.    Zanjirli sumka.

Bunday sumkani xush ko`ruvchi xonimlar kimda qanday taassurot qoldirish kerakligini yaxshi bilishadi. Ular ko`zga tashlanadigan, yorqin ranglarni va katta xajmdagi taqinchoqlarni xush ko`radilar. Timsox, leopard terisidan, xayvon junglaridan tikilgan kiyimlar, aksessuarlar ularning jonu dili. Zanjirli sumka egasi nima xohlayotganini aniq biladi va uning ijobiy tomoni ham ana shunda.

8.    Ushlagichsiz juda kichik hajmdagi sumka

Qoidaga binoan bunday sumka pardoz sumkasi(kosmetichka) deyiladi. Uning  ichiga, ruchka, uy kaliti, tush, lab bo`yog`i,yon daftarchalar sig`ib ketaveradi. Sumkaning kichik xajmi esa uning egasi o`ta sipo va vazminligidan darak beradi. Bunday xonimlar hamma narsada tartibni va oldindan rejalashtirilganlikni yoqtiradilar.

9.    O`z qo`lingizda tikilgan yoki egasi tomonidan bezatilgan sumka.

Bunday hildagi sumka sohibasi go`zallikka oshno va barcha g`ayrioddiy narsalarni xush ko`ruvchi insondir. Ular yaxshi uy bekasidirlar. Sevimli mashg`ulotlarida yutuqqa erisha oladilar. Kareradan ko`ra, uy ishlari bilan shug`ullanishni afzal bilishadi va bu borada barchaga namuna bo`la olishadi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

08.04.2017, 11:32
27.03.2017, 16:51