Fashistlar vrachi Mengelning skeleti talabalar uchun ko`rgazmali qurol vazifasini o`taydigan bo`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 13.01.2017, 16:05

Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar vrachi bo`lgan Yozef Mengelning skleti braziliyalik talabalar uchun o`quv ko`rgazmali qurol vazifasini o`taydigan bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru”. 

Mengel Ikkinchi jahon urushi davrida konslagerlarda asirlar ustida vahshiyona tajribalarni o`tkazganligi tufayli Ajal farishtasi nomini olgan. Endilikda uning suyagi sudmedekspertlikka o`qiyotgan talabalar uchun o`quv quroli vazifasini o`taydigan bo`ldi.
 
Mengelning suyaklari San-Paulu shahridagi Tibbiyot universitetiga topshiriladigan bo`ldi. Undan ko`rgazmali qurol sifatida foydalanishni doktor Daniel Romero taklif etdi. U 1992 yilda Mengel jasadi qoldiqlarini tasdiqlovchi komissiya tarkibida bo`lgan. Shu paytgacha vahshiy fashist vrachining suyaklari Universitetda plastik qutida saqlangan. Daniel Romero Mengelning suyaklaridan talabalar uchun ko`rgazmali qurol sifatida foydalanish uchun ruxsatnoma olishga muvaffaq bo`ldi.
 
Nashrning yozishicha, Mengel faoliyat yuritgan Osvensim konslagerida bo`lgan 92 yoshli Karl Gevirtsning xotirlashicha, u asirlikda bo`lganida Mengel uni avval qaynoq suvga, keyin muzday suvga tushishga majbur qilgan.  

“Bu yangilikni eshitib, nimani his qilayotganimni ham bilmayman...– dedi Gevirts. – Shafqatsiz, vahshiy vrachga bog`liq og`riqli xotiralarim shu darajada ko`pki... Uning meni va boshqa asirlarni vahshiyona tarzda qiynaganini bir umr xotiramdan o`chira olmadim”. 

Osvensim konqlagerida Mengel inson sabr-bardoshining me`yorini o`rganish maqsadida asirlar ustida turli xil tajribalar o`tkazgan. U anesteziyadan foydalanmagan holda turli tana a`zolarini kesgan, ko`chirgan, tirik chaqaloqlarni yorib, anatomik tekshiruvlar, kislota, tok bilan bog`liq sinovlarni o`tkazgan. O`n minglab sog`lom asirlar uning tadqiqotlari qurboniga aylangan.
 
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin Mengel Lotin Amerikasiga qochib ketgan va u erda turli nomlar ostida yashirinib, yashagan. Shuning uchun uni topishning va sudga topshirishning imkoni bo`lmagan. Mengel 1979 yilda Braziliyada dam olayotganda, insult tufayli vafot etgan. U San-Paulu shahrida boshqa odamning ismi-sharifi bilan dafn etilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии