Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

14 yanvar kuni Uzcard faoliyatida uzilishlar bo`ladimi?

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Yagona umumrespublika prosessing markazi (YaUPM) 14 yanvar kuni to`lov tizimlari faoliyatida uzilishlar bo`lishi haqidagi xabarlarni inkor etdi.

“O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 14 yanvarda barcha chakana to`lov tizimlari, jumladan bank plastik kartalari asosidagi „Uzcart“ chakana to`lov tizimi ham belgilangan tartibda uzluksiz ravishda ishlashini ma`lum qiladi”, — deyiladi Markaziy bank xabarida.

YaUPM ham profilaktika ishlari o`tkazilishi rejalashtirilmayotgani va Uzcard kartalari egalari to`lovlarni muammosiz amalga oshirishlari mumkinligini ma`lum qildi, deb yozadi Gazeta.uz nashri.

Juma kuni UZMOBILE mobil operatori SMS xabarnomasi orqali va o`z saytida Markaziy bank tarmoqlarida profilaktika ishlari o`tkazilishi munosabati bilan 14 yanvar kuni 9:00 dan 18:00 ga qadar to`lov tizimlari ishlamasligini xabar qilgan edi. Keyinroq esa kompaniya to`lov tizimlari to`xtalishlarsiz ishlashda davom etishini ma`lum qildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии