Ovqat hazmi yaxshilanishi uchun...

Бўлимлар: Salomatlik
Теглар: Salomatlik, SUGDIYONA
Добавлено: 14.01.2017, 10:30

— Ko`pincha egan ovqatim hazm bo`lmay, qiynalaman. Qanday chora ko`rsam ekan-a?

Salomat, Jizzax shahri.

Elmira Muhammadieva, terapevt:

Ovqat singishiga yordam beradigan shunday bir muolajani uy sharoitida qo`llasangiz bo`ladi: moychechak, qizil poycha (zveroboy), bo`znoch (bessmertnik), ertut (zemlyanika) barglari va oqqayin kurtagining har biridan 100 grammdan olib, yaxshilab aralashtiring. Shuning ikki osh qoshig`ini termosga solib, ustiga 400 gramm qaynoq suv quying. 7-8 soat tursin. Har kuni ikki mahal ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin yarim stakandan iliq holida ichishingiz kerak. Agar damlamani taxir holida icholmasangiz ichiga bir choy qoshiq asal soling. Muolaja muddati - ikki oy. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии