“Kavkaz asirasi” filmi ekran yuzini ko`rganiga yarim asr to`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 14.01.2017, 11:29

Qrimda “Kavkaz asirasi” filmi olingandan keyin yangi diqqatga sazovor joylar paydo bo`ldi, deb xabar qiladi “1tv.ru” nashri.

Film Qrimning Alushta, Janubiy Demerji, Yalta, Bog`chasaroy tumanlarida suratga olingan. Faqat u erlarga Shurik kabi eshakda etib borishning iloji yo`q, buning uchun transportning ma`lum bir turidan foydalanishga to`g`ri keladi.

Gazetadan qizning sevgan yigiti tomondan o`g`irlab ketilgani haqidagi xabarni o`qigan rejissyor Leonid Gaydayda shu haqda kinokomediya yaratish fikri tug`iladi. Qrimning go`zal tabiatiga oshiq bo`lgan Gayday shu erda s`yomka ishlarini boshlab yuboradi. Filmning har bir iborasi xalq orasida mashhur bo`lib ketgan. 

Aytishlaricha, rejissyor Leonid Gayday aktyorlar tomonidan o`ylab topilgan har bir hazil uchun bir shishadan shampan vinosi sovg`a qilgan. Yuriy Nikulin o`ylab topgan,  yotgan joyda adyol tagidan oyoqni qashish sahnasida aynan Gaydayning qo`li aks etgan.

Filmning bir qancha epizodlarida o`nlab qrimlar ishtirok etgan. Qrimlik, quyoshda toblangan 17 yoshli Gesha ismli yigitning tvist o`ynayotganini ko`rgan Gayday uni s`yomkaga taklif qildi. Unga Kievdan kelib, Qrimda dam olayotgan Raya ismli qiz sherik bo`ldi. Gesha juda yosh bo`lganligi tufayli suratga olish jarayonida unga mo`ylov yopishtirishga to`g`ri keldi. 

Eshik tagida kinoga chipta sotib o`tirgan Visinning o`rniga pulni Qrim davlat banki xodimi sanagan. Uning o`ng qo`lida “PAShA” degan tatuirovka bo`lgani sababli, tatuirovkani yashirishga to`g`ri kelgan.

Shurik jinnixonaga yuboriladigan prokurorning uyi, o`rtoq Saaxovning dala hovlisi Alushtaning markazida joylashgan. Milisiya bo`limining binosi esa shahar FHDYo siga tegishlidir.

1967 yilda ekran yuzini ko`rgan “Kavkaz asirasi” filmini 70 milliondan ortiq tomoshabin sevib tomosha qilgan. Oradan 50 yil o`tganiga qaramay, Qrimda yil davomida “Kavkaz asirasi izidan” deb nomlanuvchi sayohat amalga oshiriladi. Unda sayyohlar film suratga olingan joylarni tomosha qilishadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии