Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Muhabbat bobida o`smirmisiz yoki «oqsoqol»?

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар: Ayol, SUGDIYONA
Добавлено: 14.01.2017, 11:48

Ko`pchiligimiz ishda yaxshi xodim, mas`uliyatli rahbar, umuman mustaqil shaxsmiz. Lekin munosabatlarda o`zimizni huddi bola yoki o`smirdek tutishimiz mumkin. Cevgi bobida yosh, doim ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lavermaydi. Lekin kishilarning o`zini tutishiga qarab, tajribali yoki tajribasizga ajratish mumkin. Xo`sh, munosabatlardagi yoshingizni bilasizmi? Marhamat, savollarimizga javob beringda, o`zingiz haqingizda yanada ko`proq bilib oling.

 

Yo`riqnoma:

Agar savolga «Ha» deya javob bersangiz, belgilab qo`ying. Agar fikrga qo`shilmasangiz, keyingi savolga o`tib ketaverasiz. «Yo`q» yoki «Bilmayman» javoblari nol ballga teng.

Savollar:

  1. Munosabatlarda murosaga kelishga qiynalaman, doim ham past ketgim kelmaydi.  
  2. Uni o`zgartirish istagidan allaqachon voz kechganman.
  3. Muhabbat bor joyda, albatta, o`zaro hurmat ham bo`ladi.
  4. Sevgan insonim meni hayron qoldirishga harakat qilmaydi.
  5. Munosabatlarda ta`sirchanlikka o`rin yo`q.
  6. Agar ehtiros bo`lmasa, munosabatlar ham sovuqlashib boraveradi.
  7. Samimiyat — mustahkam munosabatlarning asosiy omili.
  8. Ko`ngil berganim qo`rquvlarimni engishimga ko`maklashishini istayman.
  9. U hafsalamni pir qilganida o`zimni bosishga qiynalsam-da, hech narsa demayman.  
  10. Ikki kishilashib zerikish ham muhabbatning bir belgisi.
  11. Uzoq yillik munosabatlar garovi — murosa.
  12. Sevgi muhabbat, tuyјularning keskin o`zgarishidan tez charchayman.
  13. Nozik mavzulardagi suhbatlarga umuman toqatim yo`q.
  14. O`zimning kuchli va ojiz tomonlarimni yaxshi bilaman.
  15. Zarurat tuјilsa ko`ngil qo`yganimning ba`zi noxush odatlariga ko`z yumish qo`limdan keladi.
  16. Muhabbat, aslida, hissiyotlarning kuchliligi va tuyјular po`rtanasi.
  17. Muhabbat va iztirob oldinma-ketin yuradi.
  18. Juftim meni borimcha qabul qilishi kerak.
  19. Juftimiz biz unga imkon berganimizcha bizni boshqaradi.
  20. Agar u shaxsiy xududimni buzsa, kechirishim mushkul.  

 

Javoblar:

Agar 1, 3, 4, 12, 16, 17, 18, 20 savollarni tasdiqlasangiz har birini 1 balldan;

Agar 6, 8, 9, 14, 15, 19 savollarni tasdiqlagan bo`lsangiz har birini 2 balldan;

Agar 2, 5, 7, 10, 11, 13 savollarni tasdiqlagan bo`lsangiz har birini 3 balldan hisoblaysiz.

Oxirida hamma ballaringizni qo`shib natijangizni o`qing.

 

Natija:

8-16 ball: o`smirlardek sevasiz

Huddi o`smirlar kabi sevgan insoningizni ideallashtirishingiz mumkin. O`ziga o`xshamaydigan inson bilan muloqot qilish, yot tuyјularni tuyishga ehtiyojingiz bor. Qaltis qarorlar qabul qilish odatingiz esa chegaralarni tan olmasligingiz natijasidir. Ammo katta yoshdagi inson o`zini o`smirlardek tutishi birqancha tushunmovchiliklarini keltirib chiqaradi. Ko`pincha ham ruhan yaqin insonni izlaysiz, ham o`yin-kulgidan, yorqin taassurotlardan voz kechgingiz kelmaydi. Ehtimol, shunga uzoq muddatli va mustahkam munosabatlarni barpo etishingiz mushkuldir. Boshqalarni kamchiliklari bilan qabul qilishga qiynalasiz. Odatda o`zgaruvchan fe`l atvoringizni o`zingiz ham tushunmay qolasiz. Ayriliqni esa oјir o`tkazasiz. Hatto, birinchi qadamni o`zingiz tashlagan bo`lsangiz-da.

Ustunligingiz: kamolotga intilasiz, jur`atlisiz.

Kamchiligingiz: o`zgaruvchanligingiz, his-tuyјuga beriluvchansiz, chegaralarni tan olmasligingiz ba`zida pand berishi mumkin.

Muvozanatga erishish uchun: ko`ngil qo`yganim hamma talablarimga javob berishi shart, umuman talab va ehtiyojlarimni atrofdagilar qondirishlari lozim degan shartlaringizdan voz kechishga harakat qiling. O`z istaklaringizni o`zingiz amalga oshirishni o`rganing.

17-25 ball: kattalarday sevasiz

Ishonchli va mustahkam munosabatlaringiz asosida har kimning o`z hududi borligini tan olishingiz yotadi. Ruhiy o`sish o`zingiz va yaqinlaringizga qo`ygan chegaralaringizni tushunish bilan nomoyon bo`ladi. Shuningdek inson o`zgaruvchan mavjudot ekanligini tushunish va o`zingiz ham o`zgara olishingizni qabul qilishingiz lozim. Muloqot jarayonida bemalol «Men», «Yo`q» so`zlarini qo`llay olasiz, o`z ehtiyojlaringizni o`zingiz qondirish uchun harakat qilasiz. Agar munosabatlarda o`zaro hurmat va ishonchni ko`rmasangiz ularga yakun yasash ham qo`lingizdan keladi. Kattalarga xos munosabtalarning asosida muloqot yotadi. Muloqotda esa ixtilof va tushunmovchiliklar ham kuzatilishini unutmang.   

Ustunligingiz: samimiylik, voqea-hodisalarga teran nazar bilan boqish va atrofdagilarga hayrixohlik yaqqol ustunligingizdir.

Kamchiligingiz: ko`ngil amriga emas, aqlga quloq tutishingiz natijasida ruhiy ehtiyojlaringiz ehtiyojligicha qolib ketishi mumkin.  

Muvozanatga erishish uchun: har qanday muvozanat ham kuni kelib buzilishi mumkinligini yodda saqlang. Mas`uliyat va bir birini tushunish degani tuyјular doim ham munosabatlarning davomiyligini ta`minlay olmaydi. Fikrlar xilma-xilligi va bir chimdimgina rashk munosabatlaringizni raјbatlantiruvchi omil bo`lib xizmat qilishi mumkin.

26-37 ball: munosabatlar bobida «oqsoqol»siz!  

Siz uchun asosiysi hamfikrlilik va o`zaro muvofiqlik. Hayot sinovlari va tajriba, baribir, o`z so`zini aytadi-da. Yoningizdagi insonni tushunish, qo`llab quvvatlash va unga јamxo`rlik qilishni uning e`tiborini qozonishdan ko`ra ustun sanaysiz. Siz uchun zafar qozonish emas, muammoning umumiy echimini topish muhimroq. Avvallari o`zingiz zerikarli deb o`ylagan bir xillikni endi munosabatlardagi turјunlik deya qabul qila boshladingiz.

Ustunligingingiz: qo`li va ko`ngli birdek ochiq insonsiz.

Kamchiligingiz: haddan tashqari fidokorlik, birgina maqsad atrofida aylanib qolish, munosabatlarga yangilik kitirishni istamaslik.

Muvozanatni saqlash uchun: o`ziga xosligingizni yo`qotmang, biroz sirliroq bo`ling. Yoringizning istaklarini o`z xohishlaringizdan ustun qo`ymang. Boshqa kishilar bilan muloqotingizni jonlantirish orqali juftingizni o`z muammolaringiz bilan bezdirishdan yiroqda bo`lasiz. Munosabatlaringizda erkinlik yuzaga keladi.

MAFTUNA tayyorladi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30