Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

BAAda O`zbekiston bilan o`ynaydigan Gruziya termasining tarkibi e`lon qilindi

Бўлимлар: Futbol
Теглар:

Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi – slovakiyalik mutaxassis Vladimir Vayss jamoaning BAAdagi yig`inida ishtirok etadigan futbolchilar tarkibini e`lon qildi.

Avvalroq O`zbekisto termasining BAAga boradigan tarkibi ma`lum qilingandi. Gruziya yig`in doirasida O`zbekiston milliy terma jamoasi bilan o`rtoqlik o`yinida maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv 23 yanvar kuni bo`lib o`tadi.

Quyida Gruziya terma jamoasining BAAdagi yig`iniga jalb etilgan futbolchilar bilan tanishish mumkin.

Darvozabonlar: Roin Kvasxavadze (“Torpedo”, Kutaisi), Omar Migineishvili (“Samtredia”, Samtredia), Oto Goshadze (“Avchala”, Tbilisi).

Himoyachilar: Tornike Grigalashvili (“Chixura”, Sachxere), Fyodor Grigalashvili (“Avchala”, Tbilisi), David Xocholava (“Chernomores”, Odessa, Ukraina), Giorgi Rexviashvili (“Lokomotiv”, Tbilisi), Lasha Shergelashvili (“Riga”, Latviya), Ucha Lobjanidze (“Atirau”, Qozog`iston), Georg Kimadze (“Torpedo”, Kutaisi).

Yarim himoyachilar: Teymuraz Shoniya (“Dinamo”, Batumi), Georg Ganugrava (“Chixura”, Sachxere), Oleg Forman (“Torpedo”, Kutaisi), Otar Kiteishvili (“Dinamo”, Tbilisi), Bachana Arabuli (“Dinamo”, Tbilisi), Georg Xaraishvili (“Avchala”, Tbilisi), Beka Tugushi (“Torpedo”, Kutaisi), Saba Lobjanidze (“Dinamo”, Tbilisi), Georg Papunashvili (“Dinamo”, Tbilisi).

Hujumchilar: Vladimir Dvalishvili (“Atirau”, Qozog`iston), Budu Zivzivadze (“Samtredia”, Samtredia). 

O`zbekiston  termasining 21—24 yanvar kunilari bo`lib o`tadigan BAAdagi yig`ini doirasida terma jamoa Gruziyadan tashqari Daniya U-23 bilan ham o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi. Ushbu bellashuv 22 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da start olishi rejalashtirilgan. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Lady