Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Yulduz Usmonova Ozodbek Nazarbekovdan konsert kunlarini tortib oldimi?

Бўлимлар: Shou-biznes
Добавлено: 14.01.2017, 12:43

O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 2017 yilda konsert bermasligini ma`lum qilganidan so`ng bu holat ijtimoiy tarmoqlarda, xonandaning muxlislari o`rtasida keng muhokama qilindi. Har kim bu holni turlicha baholadi. 

“Yulduz Usmonova o`z konsert kunlarini qaytarib olish maqsadida Ozodbek Nazarbekovga aprel oyida konsert berishiga to`sqinlik qildi” qabilidagi mish-mishlar tarqaldi. Mana shu kabi mish-mishlar qay darajada rost yoki yolg`onligiga Ozodbek Nazarbekov jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda to`xtalib o`tdi.

“Bu yil konsert berish-bermaslik g`oyasi o`tgan yili aprel oyi konsert paytida pado bo`lgan edi. Lekin ikkilanishlar ham bor edi. Odamlarga nima deymiz? Sabablarini qanday izohlaymiz, deb turganimizda, men juda ham hurmat qilgan, ustozim deb biladigan insonim Yulduz Usmonovaga konsert berish imkoni berildi. Shunda men konsertim uchun belgilangan kunlarni Yulduz opaga o`zim taklif qildim. ‘Mana shu sanalarda bemalol konsert berishingiz mumkin’, dedim, chunki bu kunlar mening konsertim uchun bront qilingan edi.

Yulduz Usmonova bilan munosabatlarimiz hech qachon sovuqlashmagan. Ular bilan hech qachon ziddiyatli munosabatda bo`lmaganmiz. Men ularni judayam hurmat qilganman. Bundan keyin ham hurmat qilaman. Aprel oyida Yulduz Usmonovaning konsert berishi meni o`zim konsert berishimdan ko`proq quvontiradi”,—deydi Ozodbek Nazarbekov.

“Yulduz Usmonovaning konsertida mehmon bo`lasizmi?” degan savolga Ozodbek Nazarbekov “albatta” deya javob berdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jamiyat

Mutolaa

24.11.2017, 17:26

Savol-javob