42

​Oilalardagi muhitni o`rganish bo`yicha Respublika ishchi guruhi faoliyatini boshladi

Jamiyat 01.02.2017, 10:48
Теги: Oila
1795
​Oilalardagi muhitni o`rganish bo`yicha Respublika ishchi guruhi faoliyatini boshladi

Andijonda Oilalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy muhitni o`rganish bo`yicha respublika ishchi guruhining maqsadi, uning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish, belgilangan ishlarni samarali tashkil etish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi, deb xabar beradi O`zA.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak” nomli ma`ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash bo`yicha oilalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy muhitni o`rganish maqsadida qator mas`ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etilib, viloyatlarda ish boshladi.

Ishchi guruh o`z faoliyatida aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini, intellektual darajasini, oilalardagi ma`naviy muhitni aniqlash, joylardagi muammolarni o`rganish, ularni bartaraf etish bo`yicha zarur chora-tadbirlar ko`rish, yuqori darajada hal etiladigan masalalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish, oilalar daromadini oshirish bo`yicha fikrlarni o`rganib, zarur amaliy yordam ko`rsatish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta`minlash, davlat va jamoat tashkilotlarining doimiy hamkorligini yanada mustahkamlash kabi qator masalalarni atroflicha o`rganadi.

Ayni paytda Respublika ishchi guruhi a`zolari rahbarligida viloyatning barcha tuman va shaharlarida tashkil etilgan guruhlar tomonidan belgilangan ishlar reja asosida olib borilmoqda.

Комментарии

«IChKILIK BO`LMASA EDI...»

23.12.2017, 17:11

Sayyora, 30 yosh, Jizzax viloyati: — Turmushga chiqqanimga o`n yil bo`libdi. Ikki farzandim bor. Qaynona-qaynotam bilan birga yashaymiz. Shu yillar ichida tinch, osoyishta, xotirjam yashaganimni...
«QAYNSINGLIM KELDI-Yu...»

23.12.2017, 16:57

Sharifa, 28 yosh, Sirdaryo viloyati: — Aslida uydagi gapni ko`chaga chiqarishni yomon ko`rardim. Buni qarangki, dardimni sizlarga yorishga majbur bo`ldim. Yaqinlarimga aytay desam, ularning siqilishini...
«QIZ UZATISh ARAFASIDA...»

23.12.2017, 16:40

Marhabo, 37 yosh, Toshkent shahri: — Oila qurganimga o`n sakkiz yil bo`libdi. Katta farzandimiz qiz. Mana uning ham bo`yi etib, o`n ettiga kirdi. Eshik qoqib,...
«GUNOHNI U QILIB, AZOBNI MEN TORTAYaPMAN»

12.12.2017, 16:07

Zafarxo`ja, 39 yosh, Toshkent shahri: — Xotinim menga xiyonat qilishi mumkinligini xayolimga ham keltirmasdim, lekin bu haqiqat bo`lib chiqdi. Qo`limda oliy ma`lumotim yo`qligi uchun bir...