41

​Sarvar va Komilning jonli ijrodagi konserti “Istiqlol”ni “portlatdi”(Foto va video)

Shou-biznes 16.02.2017, 11:38
Теги: Lola Yo`ldosheva, Shahzoda, Konsert
14745
​Sarvar va Komilning jonli ijrodagi konserti “Istiqlol”ni “portlatdi”(Foto va video)

15 fevral kuni poytaxtdagi “Istiqlol” san`at saroyida xonandalar Sarvar va Komil(“Benom”)ning “Bir muhabbat qissasi” deb nomlangan ilk yakkaxon konsert dasturi bo`lib o`tdi. “Darakchi.uz” jamoasi konsert dasturida ishtirok etdi.

Sarvar va Komilning ilk konsert dasturi 100 foiz jonli ijroda o`tganini alohida e`tirof etish kerak. Xonandalar jonli ijroni a`lo darajada uddalashdi.


Konsertda radioboshlovchi Jamshid Hojiniyozovning “Bir muhabbat qissasi” deb nomlangan filmi namoyish etildi. Sarvar va Komilning qo`shiqlari film voqealariga monand tarzda ijro etildi.


“Bir muhabbat qissasi” Behruz(Komil) va Nargiza(Nargiza Gulmuhammedova)ning muhabbat tarixi haqidagi mini-film. Esingizda bo`lsa, Sarvar va Komilning “Ayt” deb nomlangan qo`shig`i klipida bu muhabbat qissasidan bir parcha aks ettirilgan, “Ortingga qara” klipida esa voqealar rivoji ko`rsatilgan edi. Biroq muhabbat qissasi qanday yakunlangani noma`lum edi. Konsert dasturida mazkur film to`lig`icha namoyish etildi.


Dasturda “Salom” deb nomlangan yangi qo`shiq jarang sochdi. Sarvar va Komil yoshlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali bir-biriga “privet” deb emas, “salom”, “assalomu alaykuum” deb murojaat qilishga chorladi. Qo`shiqda “Salom” so`zi tilimizda qanday chiroyli jaranglashi haqida kuylanadi. Mazkur qo`shiqqa “Mo`jiza” raqs ansambli tomonidan o`ziga xos raqs sahnalashtirilgan.


Shundan so`ng Sarvar va Komilning barchaga birdek yod bo`lib ketgan xit taronalari kuylandi. Xonandalar muxlislariga qo`shiq so`zlarini zalga o`rnatilgan katta monitorlar orqali taqdim etib hammani birga kuylashga chaqirdi. “Dard”, “So`rama”, “Ayt”, “Xazon”, “Yurak yig`lar”, “Yog`adi yomg`ir”, “18 bekat”, “Qizaloq”, “Lola”, “Sensiz”, “Bedoringman” kabi guruh repertuaridagi eng xit taronalarni muxlislar sevimli xonandalari bilan birga kuylashdi. Ayniqsa, “Xazon” qo`shig`ining so`zlari monitorlarda berilmagan bo`lsa-da, muxlislar makzur qo`shiqni baralla kuylashdi. Komil biroz qo`shiq aytishdan to`xtab, mikrofonni tomoshabinlarga tutdi. Tomoshabinlar bir ovozdan qo`shiqni birga kuylashdi. Bu kutilmagan holatdan Sarvar va Komil hayajonlanishdi va muxlislariga minnatdorchilik bildirishdi.


“Bu qo`shiqni 100 foiz jonli ijroda kuylashga qaror qildik” deya xonandalar sahnaga sintezator olib chiqishdi va “So`rama” qo`shig`ini musiqasini ham jonli chalib, jonli ijro eta boshlashdi. Qo`shiqning birinchi kupleti ijro etib bo`lingach, Komil mikrofonni zalga tutdi. Muxlislar qo`shiqni kuylay boshladi. Shu damda qo`shiqqa ayol xonandaning ovozi qo`shiqli. Zalning orqa tomonidan xonanda Lola chiqib keldi! Muxlislar bu kutilmagan holdan qiyqirib yubordi.


“So`rama” qo`shig`i Sarvar, Komil va Lola tomonidan 100 foiz jonli musiqa va jonli ijroda kuylandi. Qo`shiqni kuylab bo`lgach, Lola Sarvar va Komilning o`zlari anglamagan holda mamlakat musiqa san`ati rivojiga katta hissa qo`shayotgani va o`z repertuaridagi aksariyat xit taronalar ular tomonidan yozilganini aytib o`tdi va ularga minnatdorchilik bildirdi. Shundan so`ng konsertga kelib, faqat ularning qo`shiqlarini ijro etgani “insofdan emas”ligini xazil tariqasida ma`lum qildi. Shundan so`ng Sarvar muxlislardan Lola ijodidagi qaysi qo`shiqni ularning ijrosida tinglashni istashlari haqida so`radi. Kimdir “Xabar ol”, yana kimdir “Bilmaysan” deb baqirdi. Shundan so`ng xonandalar Lola ijrosidagi “Bilmaysan” qo`shig`ini birgalikda ijro etdi. Ularga zaldagi tomoshabinlar ham jo`r bo`ldi.


Sarvar ijtimoiy tarmoqlarda konsertdan keyingi taassurotlari bilan o`rtoqlashar ekan, quyidagilarni yozib qoldirdi:


—“Bilmaysan”ning so`zlari qiyin bo`lgani uchun muxlislar uni biz bilan birga kuylay olishmasa kerak, deb o`ylagandim. Lekin kutilmaganda tomoshabinlar biz bilan birga ijro eta boshlashdi. Bu san`atkor uchun haqiqiy baxt!


Konsert dasturi qiziqarli va maroqli o`tgani sababli tez tugab qolgandek taassurot uyg`otdi. Bir so`z bilan aytganda, Sarvar va Komilning ilk yakkaxon konserti a`lo darajada, yuksak saviyada o`tganini alohida qayd etish zarur. “Ish bor joyda kamchilik bor” deganlaridek, konsertda ayrim noqulay vaziyatlar ham kuzatildi. Jumladan, tanaffus vaqtida Sarvar kiyimini almashtirishga ulgurdi, Komil esa avvalgi blokda kiygan kiyimida chiqib keldi. Lekin bu holatni Sarvar xazil aralash, o`ziga xos tarzda izohladi. U muxlislarga qarata “Biz hozir Komil bilan bahs boyladik. U menga ‘Kiyimingni almashtirishga ulgurmaysan’, deb aytdi men esa ko`rib turganingizdek uddaladim”, dedi.


Xonandalar birinchi bloklan so`ng kiyim almashtirishganida kichik mikrofonni taqishga ulgurmay sahnaga chiqib kelishdi, qo`shiq kuylab bo`lishgach, ularning yordamchilari sahnaga chiqib, mikrofonni taqib qo`yishdi.


Ayrim xonandalar “Istiqlol” san`at saroyida 100 foiz jonli ijroda konsert o`tkazishning iloji yo`qligini ta`kidlaydi. Sarvar va Komil esa bu fikrning noto`g`ri va asossiz, konsert saroyi imkoniyatlari jonli ijroda konsert o`tkazishga qodir ekanligini isbotlashdi.

Комментарии

Shahzoda jonli ijro haqida gapirdi...

03.07.2018, 10:53

Xonanda Shahzoda jonli ijroda ijod qilish haqidagi savollarga javob berdi. Uchrashuvdagi qiziqarli savol-javoblarni e`tiboringizga havola etamiz... — Amerikalik xonanda Ronni Jeyms Dio “Fonogrammada berilgan kosertga...
Parizodaning qizi mashhur xonandaning klipida rol o`ynadi

02.07.2018, 22:13

Shahzodaning instagram sahifasini kuzatadigan bo`lsak, ijodiy faoliyatini virtual kuzatish, yangiliklaridan boxabar bo`lib turish mumkin...Misol uchun, xonanda sal kam bir oydan buyon reklama qilayotgan "Jajji qizaloq"...
Shahzoda jonli ijro haqida...

02.07.2018, 21:33

Xonanda Shahzoda jonli ijrodagi konsert berish haqilagi savollarga javob berib o`tdi...— Amerikalik xonanda Ronni Jeyms Dio “Fonogrammada berilgan kosertga kserokopiya qilingan pul to`lash kerak”, degandi....
Ozodbek Nazarbekov, Ulug`bek Rahmatullaev, Shaxzoda va Lolani birlashtirgan loyiha — QO`LINGDA IMKON!

21.05.2018, 09:33

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qo`lingda imkon” nomli ijtimoiy loyihaga qo`l urildi. Taronani O`zbekiston xalq...