Ispaniyaning Burgos shahrida yashovchi ayol 64 yoshida egizak farzand ko`rdi.
O`g`il bola va qizaloq sun`iy urug`lantirish yo`li bilan dunyoga keltirildi. Shifokorlarning so`zlariga ko`ra, ona va bolalar o`zlarini yaxshi his etmoqda, deb xabar beradi “Vesti”.
64 yoshli ayolning egizaklardan tashqari olti yoshli qizi ham bor. Biroq ayol qizchani moddiy jihatdan ta`minlay olmaganligidan ijtimoiy tashkilotlar unga g`amxo`rlik qilishmoqda.
Ispaniyalik ayol egizaklar uchun namunali ona bo`la oladimi yo`qmi, bu hozircha noma`lum.
So`nggi paytlarda katta yoshdagi ayollarning sog`lom farzand ko`rayotgani haqidagi xabarlar tobora ko`p uchramoqda.
2015 yilda Germaniyada yashovchi ayol 65 yoshida to`rt nafar egazaklarni dunyoga keltirgan bo`lsa, 2016 yilda 70 yoshli hindistonlik ayol birinchi farzandini dunyoga keltirgan edi.