“Real Madrid” jamoasi joriy mavsum yakunida klubni tark etib, Xitoy chempionatiga yo`l olishi kutilayotgan himoyachi Pepega o`rinbosar topib qo`ydi.
AS nashrining xabar berishicha, Madrid klubi rahbarlari portugaliyalik himoyachi o`rnini bosa oladigan futbolchini “Manchester Siti”dan topdi. Bu argentinalik Nikolas Otamendi.
29 yoshli himoyachi bir necha yil avval Ispaniya chempionatida, aniqrog`i “Valensiya” klubida to`p surgan va keyinchalik APLga ko`chib o`tgandi.