Namangan viloyati Norin tumanida Toshloq QFYda yashovchi, ishlamaydigan, 1961 yilda tug`ilgan fuqaro mast holda, uyida o`zaro janjal oqibatida 1983 yilda tug`ilgan ishlamaydigan, mahalladoshining tanasining turli joylariga urib, tepib og`ir jarohat etkazgan. Natijada fuqaro kasalxonaga yotkazilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay hayotdan ko`z yumgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir jarayonida mahalladoshining qotiliga aylangan shaxs ushlandi. Unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Spirtli ichimlikka ruju qo`yilmaganida ushbu qotillik jinoyati sodir etilmagan bo`lardi.