Ташкент +4° Fri 02:39
Долзарб мавзулар Foto

​Mukammal saharlikning to`rt siri

Бўлимлар: Hidoyat sari
Теглар: Muborak Ramazon
Добавлено: 13.06.2017, 12:19

Yog`siz go`sht, sut mahsulotlari, shuningdek, sabzavotlar va mevalarni ko`proq tanovvul qilishingiz tavsiya etiladi. Saharlik chog`ida me`yorda ovqatlaning, ortiqcha taomlanishdan va qiyin hazm bo`luvchi taomlarni tanovvul qilishdan saqlaning.

Dietologlar saharlik uchun oqsilga boy taomlarni eyishni tavsiya etadilar. Chunki ular insonda to`qlik hissini uyg`otib, qondagi qand miqdorini me`yorlashtiradi. Saharlik ro`za tutishda muhim o`rin egallaydi, chunki kun davomida tanamiz shu paytda tanavvul qilgan taomlarimizdan hosil bo`lgan quvvatdan foydalanadi. Oqsilga boy ovqatlar sekinroq hazm bo`lgani uchun, ro`zador inson o`zini ancha vaqtgacha to`q his qilib yuradi. Shuning uchun saharlikka yog`siz go`sht, tuxum, yogurt, tvorog, sut va pishloqlarni iste`mol qilish muhimligini yodda tuting. Ramazon oyida saharlikka yoki iftorlikka tuzli, o`ta yog`li va qovurilgan taomlarni eyishlik oshqozon uchun zararli hisoblanib, uning faoliyatiga zarar keltirib, ovqat hazm qilish tizimi bilan bog`liq kasalliklarni vujudga keltiradi.

Shuni yoddan chiqarmaslik kerak, uyqudan oldin ovqat eyishlik yog` moddalarini to`planishiga olib keladi, chunki uyqu paytida tanada hazm qilish faoliyati sustlashadi. Shuning uchun yog` to`planishining oldini olishda eng maqbul usul saharlik vaqtida oqsillarga boy mahsulotlar, sut mahsulotlari, shuningdek, sho`rvalarni iste`mol qilish kerak.

Har kuni saharlik vaqtida kamida 60 gramm pishloq iste`moli tanangiz uchun manzur bo`ladi. Bunga qo`shimcha ravishda, yangi sabzavotlarni ham eng, chunki ularda inson tana uchun kerakli bo`lgan vitaminlar va mikroelementlar mavjud. Bundan tashqari, saharlik chog`ida ko`proq suyuqlik ichish kerak. Ichilishi kerak bo`lgan suyuqlikning miqdori eng kamida 600-700 ml. bo`lishi tavsiya etiladi.

Ro`za vaqtida iste`mol qilinadigan ovqatlar ro`yxatidan dudlangan taomlarni, kolbasa va sosiskalarni hamda ziravorlarni chiqarib tashlaganingiz ma`qul. Chunki ular chanqoq hissini uyg`otadi. Shuningdek, saharlikka shirinliklarni emaslik ham tavsiya qilinadi, yaxshisi, ularni iftorlik paytida tanovvul qiling. Saharlikda taomlanishdan oldin ham, ovqat eb bo`lgandan keyin ham, bir stakan toza suv iching.

Yuqoridagilardan xulosa sifatida, quyidagilarni eslatib o`tamiz:

1. Saharlik vaqtida yog`siz go`sht, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalarni ko`proq tanovvul qiling.

2. Tong otmasdan saharlik qilish kerak va taomlanib bo`lgan zahotiyoq uxlashga yotmang.

3. Saharlikni o`tkazib yubormang, aks holda bu sog`ligingiz uchun yomon ta`sir ko`rsatadi.

4. Yog`li, shirin va qiyin hazm bo`ladigan taomlarni tanovvul qilishdan cheklaning.

Abdulatif IRGAShEV tarjimasi

islom.uz

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA