​14 iyun kuni O`zbekiston bo`ylab havo o`zgaruvchan bo`ladi ayrim joylarda yomg`ir yog`adi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: O`zbekiston
Добавлено: 13.06.2017, 16:55

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14 iyun kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12-17 metrgacha kuchayadi. Kechasi 20-22, kunduzi 34-36 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 17-22, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 20-25, kunduzi 31-36 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 20-25, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 9-14, kunduzi 18-23 daraja issiq bo`ladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии