Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

​O`zbekistonliklar Pushkinni “bilmasliklariga” qarshi fleshmob uyushtirishdi (Video)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Video, O`zbekiston, Rossiya
Добавлено: 14.06.2017, 15:03

Rossiyalik oppozisioner Aleksey Navalniy va rossiyalik boshlovchi va Kseniya Sobchak O`zbekistonda hech kim Pushkinni bilmasligi haqida fikrni ilgari surishdi.

Ikki suxbatdosh Tatarstondan uyoqda, ya`ni aynan O`zbekistonda Pushkinni bilmasliklarini aytib o`tishdi.

Quyida mazkur videoni tomosha qilishingiz mumkin:


“Feysbuk”da o`zbekistonliklar rus klassigining ijodi bilan kattadan to kichikkacha tanish ekanliklari haqidagi videolar paydo bo`ldi. Bolalardan biri “U lukomorya dub zelyony”ni aytib bersa, yana bira “Ya vas lyubil, lyubov eshyo, bt mojet...” kabi she`rlarni o`qishmoqda.

Ko`ngli bo`sh foydalanuvchilar Navalniy va Sobchakni O`zbekistonga taklif qilishmoqda:


Shu bilan birga Kseniya Sobchakning shaxsiy akkauntlarida o`zbekistonliklarning juda ko`p qarshi sharhlari paydo bo`lmoqda.

“Kseniya sizga uyat!!! Aqlli ayol deb o`ylardim! Unutmang A.S.Pushkin O`zbekiston Respublikasining o`quv dasturiga kiritilgan!!!”

Ayrim internet foydalanuvchilar Navalniy va Sobchakning bu fikrlariga madaniyatli insonlar sifatida e`tibor bermaslikka chaqirishmoqda.

Ushbu ayblovlardan g`azablangan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon ham qattiq e`tiroz bilan chiqdi hamda barchani yagona xeshteg ostida birlashishga chaqirdi.

O`zlari bilmagan holda o`zbekistonliklarning e`tirozlariga uchragan Sobchak va Navalniy bu gaplari uchun kechirim so`rab chiqishsa ajabmas.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30

Savol-javob