Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

​Mali kurortiga uyushtirilgan hujum oqibatida 2 kishi halok bo`ldi, 36 kishi garovdan ozod etildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Halok bo`ldi
Добавлено: 19.06.2017, 15:48

Malining poytaxti Bomako shahridagi turistik kompleksga jangarilar hujum qildi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.

Mahalliy hukumat vakillarining xabar berishicha, hujum oqibatida 2 kishi halok bo`lgan. Jangarilar garovga olgan 36 kishi ozod etilgan. Fransuz va Mali xavfsizlik kuchlari 4 nafar jangarini yo`q qildi. Mazkur kurort chet elliklar orasida juda mashhurdir, hozircha qurbon bo`lganlar haqida hech qanday ma`lumot berilmadi.

Mamlakat xavfsizlik vazirligi mazkur hujumni jihodchilar amalga oshirgan, deb hisoblamoqda. Manbaning xabar berishicha, hujum qilingan mehmonxonada fransuz harbiylari, Evroittifoq va BMT xodimlari bo`lgan. Mehmonxona joylashgan tumanga Mali va Fransiya harbiylaridan tashkil topgan maxsus qo`shin yuborildi, ular 36 kishini garovdan ozod qilishga muvaffaq bo`ldi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

15.12.2017, 10:50
15.12.2017, 10:35

SUG'DIYONA

16.12.2017, 12:09
16.12.2017, 12:08