Avstraliyalik, qidiruvda bo`lgan jinoyatchi Malkolm Naden olti yil mobaynida hayvonot bog`iga yashirinib, hayvonlarning emishiga sherik bo`lib kelganligi ma`lum bo`ldi va qo`lga olindi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
OAVlarning bergan xabariga ko`ra, Naden 2005 yilda ikki karra qotillikda va 15 yoshli qizni zo`rlashda ayblangan. U jazodan qochib hayvonot bog`iga yashiringan. Naden fillarga berish uchun mo`ljallangan bananlarni o`g`irlab, axlat qutidagi ovqat qoldiqlarini iste`mol qilgan, karkidonlarning yonida uxlagan.
Erkak 2012 yildan beri hayvonot bog`iga yashirinib kelgan. Hayvonot bog`i xodimlaridan biri hayvonot bog`ida g`alati hodisalar yuz berayotganidan, sut va non yo`qolib qolayotganidan ma`muriyatga shikoyat qildi. Ma`muriyat o`z navbatida polisiyaga xabar berdi. Polisiyachilar hayvonot bog`ini qattiq kuzatuv ostiga olib, oziq-ovqat mahsulotlarini qo`riqlagandan keyin Naden galapogos toshbaqasining boshini uzib, uning ichki a`zolarini edi. Polisiya tomonidan qo`lga olingan jinoyatchi bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi.