42

103 MAROTABA GINNESGA KIRITILGAN REKORDChI

Rekord 01.11.2017, 16:28
801
103 MAROTABA GINNESGA KIRITILGAN REKORDChI

Ashrita Furman o`rnatgan rekordlari soni bo`yicha “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kirgan. Ayni paytga qadar u mazkur kitobga 103 marotaba kiritilgan. Uning rekordlari boshqalarnikidan o`ta xavfliligi bilan ajralib turadi.

U o`rnatgan 20 ta rekordni shu paytgacha hech kim yangilagani yo`q. Rekordlar soni bo`yicha u “Bittlz” solisti Pol Makkartnini ham ortda qoldirgan. Ashritaning rekordlari asosan yurish, yugurish, sakrash, jonglyorlik kabi yo`nalishlarga taalluqli.

Masalan, u bir soatda 4495 marta tizzalarini buka olgan. 129 kilometr masofaga boshida sut to`la idishni ko`tarib borgan. Shuningdek, 24 soat to`xtamasdan arqonchada 130 ming marta sakragan. Bir soat ichida 8555 marta trenajyor yordamida gavdasining yuqori qismini ko`tarib yotqizgan. 14 daqiqa 25 soniyada belida halqani aylantirgancha, bir mil masofani bosib o`tgan. Ashrita bir qancha yangi sport turlarini ham kashf etgan. Masalan, er ustida eshkak eshish aynan uning kashfiyoti. U Bali orolida 2413 kilometr masofani maxsus qayiqda qum ustida bosib o`tgan.

Shuningdek, u suv ostida jonglyorlik mashqlarini ham a`lo darajada bajargan. Bir g`ildirakli velosipedni teskari haydab, 85 kilometr yo`l bosgan. Bu harakatlarni bajarishni naq mo``jiza deyish mumkin.

Комментарии