42

Milliy mahsulotlardan Vatan xaritasi

Rekord 01.11.2017, 16:45
637
Milliy mahsulotlardan  Vatan xaritasi

Poytaxtimizdagi “Samarqand-darvoza” savdo-ko`ngilochar markazida oshpaz va restorator Bahriddin Chustiy milliy oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalangan holda O`zbekistonning eng katta xaritasini yaratdi. Oziq-ovqatlardan qilingan mahsulot Interrecord agentligi tomonidan “milliy mahsulotlardan qilingan eng katta O`zbekiston xaritasi” deya ro`yxatga olindi. Xarita uzunligi 6 metr, kengligi 3 metr bo`lib, uni tayyorlashda 20 dan ziyod milliy mahsulotlardan foydalanildi. Har bir viloyatni, shuningdek, chegaralar va daryolarni aks ettirish uchun muayyan mahsulot, jumladan, Andijon uchun devzira guruch, Farg`ona uchun Qo`qon holvasi, Jizzax uchun somsa ishlatilgan. Respublika chegarasini qizil, viloyatlar chegarasini sariq rangli parvarda bilan ajratib chiqqan.

Комментарии