Ташкент +30° Sat 11:08
Долзарб мавзулар Foto

PREZIDENT TAKLIF ETGAN TURK JURNALISTLARI SAMARQANDU BUXOROGA SAYoHAT QILIShDI

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 02.12.2017, 14:19

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 28-30noyabr kunlari Turkiya Respublikasi ommaviy axborot vositalarining 21 nafar vakilimamlakatimizning Samarqand va Buxoro shaharlarida bo`lishdi.

Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev oktyabr oyida mazkur mamlakatga tashrifi asnosida turk jurnalistlarini yurtimizga taklif qilgandi. Ana shu taklifga binoan Turkiyaning ATV TRT-WORLD, STAR, KANAL7,Yeni birlik, Aksam, Daily Sabah gazetalari, Anadolu ajansi axborot agentligisingari bir ommaviy axborot vositalari vakillari yurtimizga “O`zbekiston havo yo`llari” aviakompaniyasining Istanbul-Samarqand-Istanbul havo qatnovi orqali tashrif buyurishdi.

Mazkur tashrif jarayonida jurnalistlar har ikki qadim shaharning tarixiy obidalari, diqqatga sazovor joylari, xalqimizning madaniyati va urf-odatlari, mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar bilan tanishdilar. Jurnalistlar mazkur safar tufayli O`zbekiston haqida, uning go`zal tabiati, mehmondo`st odamlari qadimiy va navqiron shaharlari, boy tarixi va madaniyati haqida materiallar tayyorlab, o`z o`quvchilari, tinglovchilari va tomoshabinlariga etkaza olish imkoniga ega bo`lishdi.

Mazkur tashrif munosabati bilan 30 noyabr kuni Samarqand shahrida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy avikompaniyasi, Samarqand viloyat hokimligi, shuningdek bir qator mutasaddi idora va tashkilotlar tomonidan matbuot anjumani o`tkazildi. Unda mazkur idora va tashkilotlar rahbarlari, sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalar vakillari, mahaliy va xorijiy OAV xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi T. Jo`raev, Turkiya Respublikasining O`zbekistonagi elchixonasi mas`ul xodimi Jesim Chelebi va boshqalar har ikki mamlakat o`rtasidagi tarixiy aloqalar bugungi kunda yangi bosqichga ko`tarilgani, ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari xususida so`z yuritdilar.

– O`zbekiston zamini Islom madaniyati va taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan aziz-avliyolar, buyuk mutafakkirlar Vatani, - deydi Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov. – Dunyoning turli mintaqalarida istiqomat qiluvchi musulmonlar yurtimizga kelib, ulug` zotlar yotgan qadamjolarni ziyorat qilishni istashadi. Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda “ziyorat turizmi”ni rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilyapti. Bugungi tashrif davomida turkiyalik qardoshlarimiz bir qancha tarixiy obidalarimizni, islom olami etuk allomalarining maqbaralarin ziyorat qilishdi. Kelgusida yurtimizga ezgu niyat bilan qadam bosishni istagan ziyoratchilar soni yanada ortishi tarafdorimiz.

Turkiyalik jurnalistlar o`z navbatida o`zbek hamkasblari bilan uchrashib, ularnig ish faoliyati, uslubi, maqsad va intilishlariga qiziqdilar. Kelgusida o`zbek jurnalistlari bilan hamkorlik o`rnatish fikrini bildirishdi.

–Men Samarqand va Buxoro singari shaharlarni sayohat qilish asnosida xalqlarimiz o`rtasidagi mushtarak jihatlarni o`zim uchun yana bir karra kashf etdim, - deydi TRT-WORLD telekanali ijrochi prodyuseri Melda Dog`an Uchunju. – Zotan bu yurtning tarixiy obidalari nafaqat o`zbek xalqinning, balki bizning ham faxru iftixorimizdir. Ochig`i, o`zbeklarning mehmondo`stligi, samimyligi, bag`rikengligi bizni hayajonga soldi. Qisqa fursat ichida O`zbekistonni yoqtirib qoldik. Bu sehrli o`lkaga yana qaytish, uning boshqa shaharlarini ham borib ko`rish istagidaman.

Tadbir asnosida jurnalistlar o`zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga mutasaddi rahbarlardan javob oldilar. Uchrashuv nihoyasida mehmonlarga tashkilotchilarning esdalik sovg`alari topshirildi. Shu kuni turkiyalik jurnalistlar Samarqanddan o`z yurtlariga uchib ketishdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2018, 07:42
20.06.2018, 09:48