41

YO`TALNI XALQ TABOBATI YoRDAMIDA DAVOLAYMIZ

Salomatlik 25.12.2017, 17:07
1846
YO`TALNI XALQ TABOBATI YoRDAMIDA DAVOLAYMIZ

Yo`tal avj olmasidan turib, uning oldini olgan ma`qul. Buning uchun shifokor muolajasidan tashqari uy sharoitida tayyorlangan malhamlardan foydalanish ham naf beradi. Lekin har bir muolajani shifokoringiz bilan maslahatlashgan holda amalga oshirishni unutmang.

  • Yo`talni davolash uchun sutni qaynatib iste`mol sodasi, mineral suv, asal yoki sariyog` solib ichish naf beradi. Dorivor o`tlar — tuyatovon, moychechak damlamalari ham yordam beradi.
  • Kuchli yo`talni davolashda piyoz ham qo`llaniladi. Yarim litr bankani maydalangan piyoz bilan to`ldiring, ustidan shakar sepib, bug` vannasida qaynating. Tayyor bo`lgan shirin siropni 2 qoshiqdan kuniga bir necha bor iste`mol qiling.
  • Xalq tabobatida pishgan piyoz ham keng qo`llaniladi.Shisha idishni maydalangan piyoz bilan to`ldirib, idishning qopqog`ini yoping va qopqoqni xamir bilan berkiting. Keyin gaz pechiga qo`yib, past olovda xamir qizarguncha pishiring. Sovugach, kuniga 2 qoshiqdan 3-4 marta iste`mol qiling.

Комментарии