41

BOLALAR UChUN KALSIY QANChALIK MUHIM?

Salomatlik 25.12.2017, 19:13
2014
BOLALAR UChUN KALSIY QANChALIK MUHIM?

Kalsiy moddasi etishmovchiligi, bolalar uchun xavfli. Ushbu elementning organizmga me`yorida tushishi nafaqat suyaklarning, balki butun organizmning normal o`sishi va rivojlanishini ta`minlaydi.

Bolalarda kalsiy etishmovchiligi suyaklar va tishlar shakllanishidagi buzilishlar, ko`z gavharidagi patologik o`zgarishlar, asab tizimidagi buzilishlar, ta`sirchanlik va tomir tortishishlarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, eng xavfli holatlardan biri — qonning yomon ivish xususiyatidir. Ma`lumki, bolalar juda harakatchan bo`ladi. Shu bois, tez-tez mayda jarohatlar va yaralarga duch kelishadi. Bu holda qonning yomon ivishi salbiy rol o`ynashi ham mumkin.

Комментарии