Му5
46

​BAYRAM TAOMI: «MAZALI TABRIK»

SUG'DIYONA 29.12.2017, 10:52
1626
​BAYRAM TAOMI: «MAZALI TABRIK»

Zarur masalliqlar: 2 ta butun baliq go`shti (skumbriya yoki sudak balig`i), 2 osh qoshiq xantal, 1-2 dona pomidor, 2 bosh piyoz, bitta bulg`or qalampiri, baliq go`shti uchun ziravorlar, tuz, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Baliq go`shtini tozalab yuving va qog`oz sochiqcha bilan quriting.

2. Pomidor, bulg`or qalampiri va piyozni yarim halqa shaklida to`g`rang.

3. Baliq go`shtiga tuz, murch va xantaldan surting. So`ngra ichiga sabzavotlarni soling. Pishiriq qog`ozi solingan qolipga qo`ygach, ustiga ham sabzavot bo`laklaridan qo`yib ziravorlardan seping.

4. Іar bitta baliq go`shtini alohida pishiriq qog`oziga o`ragach, zar qog`oz bilan ham o`rang. Baliq go`shti 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 40 daqiqada pishadi.

1 soat

4 kishilik

Шарҳлар