Долзарб мавзулар Foto

SMS YoZIShINGIZGA QARAB FE`L-ATVORINGIZNI ANIQLAYMIZ

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 02.01.2018, 11:35

Atrofdagilarda qaysi harakatni ko`p uchratamiz? Albatta, telefoniga tikilib, SMS terayotgan odamlarni. Mazkur test yordamida SMSni qanday terishingizga qarab xarakteringizni aniqlaymiz. Buning uchun quyidagi rasmlardan birini tanlang:


1. Lider inson
Jahlingizni chiqarish qiyin, ammo hayotdan nima xohlashingizni aniq bilasiz. Boshqalar uchun foyda keltirishini bilsangiz, og`ir ishlar sizga qiyinchilik tug`dirmaydi. Atrofdagilar sizni etakchilik qobiliyatingiz uchun hurmat qilishadi va qadrlashadi.


2. Pozitiv inson
Barchaga do`stona munosabatingiz sizga yangi marralarni zabt etishga yordam beradi. Siz uchun jamiyatdagi hayot muhim o`rin egallaydi. Ammo ayrim paytlarda o`zingizga ko`p ishonasiz. O`zingizga bo`lgan kuchli ishonch sabab atrofdagilarga pozitiv ta`sir ko`rsatishga harakat qilasiz.


3. G`oyalarga boy
Siz yorqin, ammo shu bilan birga muammoli shaxssiz. Muammolar echimiga noodatiy yondashasiz va har soniyada sizdan million g`oyalarni kutish mumkin. Siz bir xillikdan tez charchaysiz va zerikarli odamga aylanasiz. O`zingizni baxtli his etish uchun sizga doim yangi taassurotlar kerak bo`ladi.


4. Ta`sirchan va san`atsevar

Sizning atrofingizdagi go`zallikdan zavqlanishni bilasiz. Ammo atrofdagilar bilan munosabatlarni yo`lga qo`yishda qiynalasiz. Ichki hissiyotingizni boshqalarga namoyon qilishdan uyalasiz, shu sababli har bir noqulay vaziyatdan tashvishlanasiz. Sizning do`stlaringiz ko`p bo`lmasa-da, ayrimlari bilan mustahkam ishonchli munosabatlaringiz bor.







Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA