42

BAYRAMDAN KEYIN O`ZINGIZNI YoMON HIS QILSANGIZ

Salomatlik 02.01.2018, 13:16
1355
BAYRAMDAN KEYIN O`ZINGIZNI YoMON HIS QILSANGIZ

– Bayram ertasiga oshqozonda paydo bo`lgan og`irlikni engillashtirish uchun qatiq iching. Tushlikni lavlagi, sabzi va karamli salat bilan boshlang.

– Jig`ildon qaynashi bezovta qilsa, zig`ir urug`ini qaynatib ichish, xom sabzi eyish yoki tuz qo`shilgan suv ichish yordam beradi.

– Bosh og`riqlariga qarshi namlangan sochiqni peshana va ensaga qo`yib, kompress qilish, oyoqni uzatib dam olish, yalpiz yoki limono`ti qo`shilgan choy ichish, qatiqqa shakar aralashtirib qabul qilish kabilar tavsiya etiladi.

– Yurak va buyrak xurujlari, allergiya yoxud boshqa surunkali kasalliklar bosh ko`targanida davolovchi shifokoringiz bilan bog`lanib, zarur dori vositalarini qabul qilishni unutmang.

Комментарии