41

UZOQ UMR KO`RIShNING YaNA BIR SIRI ANIQLANDI

Salomatlik 03.01.2018, 13:01
2304
UZOQ UMR KO`RIShNING YaNA BIR SIRI ANIQLANDI

Jon Xopkins universiteti olimlari o`tkazilgan tadqiqotlar natijasida oddiygina parhez bilan inson organizmini barcha zararli moddalardan halos etish va o`pkalarni “yangiday” holatga keltirish mumkin ekanligini oshkor etdilar.

Xabarda aytilishicha, bir necha yil davom etgan kashandalik odatidan keyin ham o`pkani zararli moddalardan tozalash mumkin va buning uchun kuniga ikkita pomidor va bir necha dona olma iste`mol qilish kifoya.

Olimlar fikricha, bu turdagi parhez tamaki chekuvchi inson o`pkasini yig`ilib qolgan nikotindan tozalaydi va parhez qat`iy ravishda amalga oshirilganda uni asta-sekin organizmdan chiqarib yuboradi.

Pomidor va olma tarkibidagi mikroelement hamda butun boshli vitaminlar guruhi qonda erib, tomir devorlarining qayta tiklanishi va buning natijasida tana a`zolarining to`g`ri ishlashi jarayonlarida ishtirok etadi.

Комментарии