41

IShONCh HISSINING SOG`LIQQA TA`SIRI

Salomatlik 04.01.2018, 09:51
1572
IShONCh HISSINING SOG`LIQQA TA`SIRI

Farzandlarimiz bizdan-da aqlli, farosatli, hayotda qoqilmaydigan, omadli bo`lishini istaymiz. Bu orzular amalga oshsin desak, uydagi muhitni ijobiy tomonga o`zgartirishimiz zarur. Bolalarni ruhiy tushkunlik, ishonchsizlik hissidan qo`rishning bir chorasi hayotning har bir daqiqasidan quvonishga, bo`lib o`tgan har bir voqeaga ijobiy fikr bildirishga o`rgatishdir. Ota-onaning o`ziga, hayotga ishonchi, albatta far­zand­larida ham aks etadi.

Kichkintoyingizni ertalab ­chiqqan quyoshdan, oyisi pishirgan kulchadan, olgan “besh” bahosidan chin dildan xursand bo`lishga o`rgating. Bolaning hayotdan zavq oladigan xushchaqchaq inson yoki odamovi bo`lib ulg`ayishi aynan ota-onaning dunyoqarashiga bog`liqligini unutmaylik.

* * *

Kishi umidsizlikka berilsa, qattiq siqilsa, qondagi adrenalin va kortizol miqdori keskin oshadi. Adrenalin qon bosimini ko`taradi, qonning tez quyulishiga ham shu “jizzaki” gormon sababchi. Kortizol esa tanada yog` qatlamini hosil qilishda qatnashadi. Bu xavfli juftlik yurak xastaliklarining rivojlanishiga qulay zamin yaratadi.

* * *

Vaqtingizni behuda siqilishlar va aldamchi xayollar egallab olishiga yo`l qo`ymang. Buning foydasi yo`q. Hadeb o`tgan voqealarni, omadsizliklarni eslamang!

* * *

Ertangi muammolardan xavotirga tushmaslik uchun bugundan harakat qiling. Ya`ni, bugun rejalashtirgan har bir ishning uddasidan chiqing. Shundagina ruhiy zo`riqishlardan saqlanib, kelajakdagi rejalarga ishonch bilan qaray olasiz.

Shukrullo JALILOV,

tibbiyot fanlari nomzod

Комментарии