Долзарб мавзулар Foto

SIZDAN RUHShUNOS ChIQADIMI?

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 04.01.2018, 10:57

Keling, yangi yilda hamma narsaga boshqacha yondashamiz. Tashqi ko`rinish, uy tutish, hatto, muammolarga ham. O`zingizdan qolar gap yo`q, biz — ayollar pashshadan fil yasashni qoyillatganimiz barobarida ruhiy kechinmalarimizni yaqinlarimizga, ayniqsa, chin dugonalarimizga to`kib solishga ham ustamiz. Maslahat berishni-ku, do`ndiramiz! Mazkur testimizni ishlab esa dugonangiz uchun ruhshunos vazifasini qay darajada uddalashishingizga oydinlik kiritamiz. Shu bilan birga, doim dardlashadigan qadrdoningiz qanchalik sizni eshitib, to`g`ri maslahat bera olishini ham bilib olasiz. Demak, boshladik...

1. Do`stlaringizdan biri sizga «Aytarli muammmongiz yo`q, qanday maza, hamma narsangiz joyida», deb aytsa...

A. «Nega bunaqa o`ylaysiz?» deb hayron qolasiz — 2 ball.

B. «Mendami? Hamma muammo menda-ku! Ish bilan o`zimni chalg`itib yuribman-da!» deysiz — 3 ball.

V. «Uning bu gapi nimani anglatadi?» deb o`ylanib qolasiz — 1 ball.


2. Ya
qin dugonangiz boshiga tashvish tushganidan sizni xabardor qilganida, tilingizga ko`chadigan birinchi jumla...

A. «Bitta kitob o`qigandim, menga juda yordam berdi. Sen ham bir ko`z yugurtir, keyin fikr almashamiz» — 3 ball.

B. «Kel, birga sayr qilib, muammongni muhokama qilamiz» — 2 ball.

V. «Qani, hammasini bir boshdan aytib ber, men seni eshitishga tayyorman» — 1 ball.


3.
Quyidagi fikrlardan qay biri sizning o`zingizga bo`lgan ishonchingiz asosiga yaqin?

A. «Maslahat bilan ish bitmaydi, tajriba kerak! Qachonki, biror vaziyatga yuzma-yuz duch kelasiz, ana o`shandagina shu vaziyatga tushgan insonni tushunasiz va unga yo`l ko`rsata olasiz» — 1 ball.

B. «Hamma narsani biladigan va qiziquvchan odam vaziyatdan tez chiqib ketadi!» — 2 ball.

V. «Har bir qadamni o`ylab tashlash lozim, shunda muammoga duch kelganingizda darrov uning echimini topasiz» — 3 ball.


4. Ya
qinlaringizdan birining oilasida kelishmovchilik yuz berdi, sizning unga beradigan birinchi savolingiz?

A. «Nimaning ustida tortishib qoldingizlar? Odatda janjal nimadan kelib chiqadi?» — 1 ball.

B. «Oilaviy hayotdan nimalar kutgandingiz?» — 2 ball.

V. «Ota-onangiz ham shunaqa vaziyatga tushganmi?» — 3 ball.


5. Do`stingiz o`zini tamoman yo`
qotib qo`yganda siz qanday yo`l tutasiz?

A. «Mana endi, u o`zi uchun nima muhimligini tushunib etadi», deya xulosa chiqarasiz — 1 ball.

B. «Ey, xudoyim, unga yo`l ko`rsat», deya chin dildan kuyinasiz — 2 ball.

V. «Faqat mengina uning o`ziga kelishiga yordam bera olaman», deb boshingiz bilan qadrdoningizning muammolari ummoniga sho`ng`iysiz — 3 ball.


6. Ko`rsatgan yordamingiz evaziga minnatdorchilik tari
qasida sizga sovg`a berishsa...

A. Mamnun bo`lasiz, axir bu unga haqiqatda yordamingiz tekkanini bildirayapti-da — 2 ball.

B. U endi sizning oldingizda o`zini bemalol his qilishi haqida o`ylaysiz — 1 ball.

V. O`zingizni o`ng`aysiz his qilasiz, axir sovg`a ilinjida unga ko`maklashmagandingiz — 3 ball.


7. Dugonangiz bilan dildan gaplashish uchun
qaerni tanlagan bo`lardingiz?

A. Chiroyli, osoyishta qahvaxona — 2 ball.

B. Shaharning chekkaroq, odamlardan xoli joyini — 1 ball.

V. Suv bo`yida yoki biror xiyobonda aylanib yurib hasratlashishni xush ko`rasiz — 3 ball.


8. U sizga er-xotin munosabatlari
haqida ham gapirsa...

A. Siz o`ta shaxsiy masalalarni boshqalar bilan muhokama qilish yaxshimas, deb hisoblaysiz — 2 ball.

B. Bu muammolarni faqat o`zi hal qila olishini aytasiz — 1 ball.

V. Yana bir qancha yaqinlari bilan ham maslahatlashib ko`rishni va muammoga boshqa tomondan qarashni maslahat berasiz — 3 ball.


9. Do`stlaringizning masla
hati sizga yordam berganmi?

A. «Ha, har doim ular menga muammoli vaziyatdan chiqib ketishimga ko`mak berishadi» — 2 ball.

B. «Yo`q doim ham emas, chunki har bir inson o`z muammosini faqat o`zi hal qila oladi» — 1 ball.

V. «Ko`pincha ularning tavsiyalari qo`l keladi, sababi do`stlarim yordamida men vaziyatga bir tomonlama yondashish bilan kifoyalanmayman» — 1 ball.


10. Baxt, bu...

A. «...illyuziya, ammo inson doim unga intilib yashashi kerak» — 1 ball.

B. «...baxtni izlamoq, degani» — 2 ball.

V. «...baxtsizlik haqida gapirmaslik» — 3 ball.


11.
Tushkun kayfiyatdagi yaqiningizga quyidagi aforizmlardan qay birini eslatgan bo`lardingiz?

A. Fridrix Nisshe: «O`zingizni qanday bo`lsangiz, shundayligingizcha qabul qiling» — 1 ball.

B. Jan de Lafoten: «O`zingizga o`zingiz yordam bering, osmondan chalpak yog`ilmaydi» — 2 ball.

V. Suqrot: «O`zligingni angla» — 3 ball.


Natijalar

11-17 ball: tinglashni bilasiz!

Siz har bir muammoning ildizi o`tmishga borib taqaladi, deydiganlar toifasidansiz. Hech bir masala o`z-o`zidan birdan kishi qarshisida ko`ndalang bo`lmaydi. Kerak bo`lsa, yillar mobaynida shakllanadi. Agar kimdir dardini ayta boshlasa, uni bir so`z demasdan eshitasiz. «Men bilan ham bunaqa bo`lgandi», «Bir gal boshimga shunaqa tashvish tushgandi» degan jumlalardan yiroqsiz. Faqat bir qancha savollar berishingiz mumkin. Siz u maslahatingizga qaram bo`lib qolmasligini istaysiz. O`zi yo`l izlab topsin. Faqat uni yo`naltirib tursangiz bas. Unga shunday yordam beringki, kelajak uchun ham asqotsin. Xitoyliklar aytadi-ku, «Kimningdir qornini to`yg`izmoqchi bo`lsang, unga baliq berma, baliq tutishni o`rgat», deb. Shu naqlga amal qilasiz. Ya`ni ikkinchi bor yana shu devorga boshi urilmasin, deysiz. Boshiga shunday savdo takror tushsa, tushkunlik domiga g`arq bo`lmasligini o`ylaysiz. U muammoli vaziyatda o`zini tahlil qilishni o`rganishini istaysiz. Shunda sizga bog`lanib qolmaydi va oldingizda uyatli bo`lmaydi. Shu bilan birga, o`ziga bo`lgan ishonchini ham ortadi.

Maslahat: albatta, biror vaziyatga munosabat bildirishda qaysidir tomonga og`ishib ketmasligingiz yaxshi. Ammo do`stingiz buni sovuqqonlik deb tushunishi ham mumkin-da. «Shuncha gapirdim, dardimni to`kdim, u esa miq etmadi», qabilida o`ylab, battar ezilishiga yo`l qo`ymang. Ba`zida inson qalban yaqinlikni his qilishni, hamdardlik istaydi.

18-25 ball: o`z tajribangiz bilan o`rtoqlashasiz

Siz shahd bilan boshqalarning muammosini hal qilishga kirishib ketadiganlar toifasidansiz. Odatda «Nima uchun?» degan savolga javob izlaysiz. «Nima uchun sen bilan shunday holat yuz berdi?» deya dugonangizni o`tgan kunlarga xayolan qaytarasiz, birga muammosining sababini axtarasizlar, keyin odatda o`z tajribangizdan kelib chiqib javob berasiz. Qanaqa omadga erishgansiz, qanday xatolar qilgansiz — bir boshdan so`zlab berasiz. O`zingiz bilan dardkashingizni qiyoslaysiz. Sizga dilidagilarni ishongan dugonangiz, albatta, yonib-kuyishingizdan mamnun bo`ladi, muammosining sabablarini izlab topishi ham ehtimoldan uzoq emas. Siz esa kuyinchak do`st sifatida o`rtangizdagi rishtalar darz ketmasligi uchun ham undan yordamingizni ayamaysiz.

Maslahat: unutmang, boshqalar doim ham sizning maslahatingizga amal qishishi shartmas. Chigal vaziyatga tushib qolgan yaqiningiz tavakkal qilib, oxirida o`zini aybdor sezsa, sizdan ko`ngli qolishi mumkin. Bu do`stlik rishtalariga ta`sir qilmasdan qolmaydi. Siz doim unga birinchi qadamni tashlash uchun yo`l ko`rsatishingiz mumkin, biroq muammolarini to oxirigacha hal qilishga kirishib ketmaganingiz durust. Chunki bu borada sizning tajribangiz uning misolida o`zini oqlamasligini ehtimoli ham yo`q emas. Qolaversa, yaqiningiz ma`suliyatni elkasiga olishi kerak. Yaxshisi, do`stlaringizdan biri juda qiyin vaziyatda qolgan bo`lsa, mutaxassisga murojaat qilishni tavsiya eting.

26-30 ball: buyuklar soyasi

Tushkun kayfiyatdagi yaqiningizning kayfiyatini ko`tarishga, e`tiborini boshqa tomonga qaratishga urinasiz. Masalan, buyuk shaxslar hayotidan misollar keltirasiz, ular ruhan ezilgan paytlarida shoh asarlar yaratganini va o`z muammolaridan shu tariqa chiqib ketishganini ta`kidlaysiz. Unga bir qancha adabiyotlar, filmlar tavsiya qilishingiz ham mumkin. U uchun yopilgan bir eshik o`rniga yangisi ochilishiga ishontirasiz. O`zgarishga, yangiliklarni sinab ko`rishga undaysiz. Muammosiga yuqoriroqdan turib nazar tashlashi kerakligin uqtirasiz.

Maslahat: ba`zida sizning maslahatingiz do`stingizni muammosidan uzoqlashtirib yuborishi mumkin. U boshqalar tajribasini o`rganib, o`zini ular bilan solishtirishi natijasida o`ziga nisbatan bahosi ham pasayadi. Tavsiyalaringiz samarasini uzoq kutishga uning sabri etish-etmasligini inobatga oling. Sabr kosasi to`lgan paytda «Mana bu kitobni o`qing, mana bu insonning hayotini o`rganing» deyish bilan ish bitmaydi. Tinglashni, uni tushunishni o`rganing.

Shoira VAFOEVA tayyorladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA