Му5
46

IShTAHANI QITIQLOVChI, OZIShGA HALAQIT BERUVChI 10 MAHSULOT!

SUG'DIYONA 05.01.2018, 11:18
2500
IShTAHANI QITIQLOVChI, OZIShGA HALAQIT BERUVChI 10 MAHSULOT!

Shunday mahsulotlar borki, ularni qanchalik ko`p iste`mol qilmang, egingiz kelaveradi. Ishtahaning jilovini bo`sh qo`yish esa ozishingizga xalaqit qilib, qo`shimcha vaznga yo`l ochishi mumkin. Bilasiz-a buni? Xo`-o`-o`sh, chiroyli qad-qomatga ega bo`lish uchun taomnomanadan qaysi mahsulotlarni olib tashlash kerak? Quyida ana shu haqda ma`lumot beramiz.

Kartinki po zaprosu bely xleb
Oq non

Do`konlarda sotilayotgan oq non tarkibida Mendeleev davriy jadvalida ko`rsatilgan unsurlarning barchasi mavjud. Nonning uzoq vaqt saqlanishi, ta`mi buzilmasligi uchun unga turli qo`shimchalar qo`shiladi. Un tayyorlashda bug`doyning eng foydali qismi hisoblangan po`stlog`ining tozalanishini bir eslab ko`ring. Biriktiruvchi to`qimalarning yo`qligi sababli, u tezda hazm bo`ladi va birozdan keyin yana och qolasiz

Poxojee izobrajenie
Yangi siqilgan sharbat

Bundan bir necha yillar ilgari turli mevalardan siqib olingan sharbatlarni iste`mol qilish urfga kirgandi. Ammo dietologlar sharbat tarkibida qand miqdorining ko`pligi, meva etida biriktiruvchi to`qimalarning yo`qligi uni xavfli mahsulotga aylantirib qo`yishidan tashvishga tushdilar. Ko`p miqdorda sharbat iste`mol qilish insulinning keskin oshib ketishiga, ochlik hissining paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. Agar judayam sharbat ichgingiz kelsa, yaxshisi unga qaynatilgan suv aralashtirib iching. Shunda ta`sir kuchini qirqishga erishasiz.

Poxojee izobrajenie
Glutamat natriy

Bu modda asosan fast-fud va xitoy taomlari, yarim tayyor mahsulotlarga ayamasdan qo`shiladi (agar mahsulot o`rami ustida E621 degan yozuvga ko`zingiz tushsa, uni sotib olmang). Mazkur mahsulotlarni iste`mol qilgach ishtahangiz ochilib, yanada ko`proq ovqatlanishga moyillik paydo bo`ladi. Bundan tashqari glutamat natriy ta`sirida leptin moddasining ishlab chiqishi qiyinlashadi.

Kartinki po zaprosu soya
Soyali sous
lar

Soya izoflavon garmoniga boy. Bu gormonlar organizmga estrogen kabi ta`sir ko`rsatadi. Estrogenlar yog` ajralishini kuchaytiradi. Fabrikalarda ishlab chiqariladigan soya sousi tarkibida esa glutamat natriy moddasi mavjud.

Kartinki po zaprosu stakan vod
Shirinlik o`rniga nima?

Fruktoza, saxaroza, qandsiz jemlar – turidan qat`iy nazar inson sog`lig`i uchun zararlidir. Ularni iste`mol qilganingizda miyangizga «hozir hazm qilaman, kerakli kaloriya va moddalarni olaman», degan signal keladi, ammo bu narsa amalga oshmaydi-da. Oxir-oqibat organizmingiz sizdan bunday holat uchun badal so`raydi. O`tkazilgan tadqiqotlar natijasida shirinlik o`rnini bosuvchi mahsulotlar diabet kasalligiga chalinish ehtimolini oshirishi aniqlangan. Ozish uchun gazli shirin ichimliklar, sharbatlar emas, balki hech nima qo`shilmagan oddiy suv qulaydir.

Kartinki po zaprosu kukuruznaya
Makkajo`xori bodrog`i

Ertalabdan juda ko`p miqdorda shirinlik iste`mol qilish kun bo`yi ishtahaning yo`qolishiga olib keladi. Bodroqxo`r xonimlar, kosa tagidagi nim kosani uqdingiz-a? Qisqa muddatda insulinning oshib ketishi natijasida tushlikda me`yoridan ortiq darajada ovqat iste`mol qilishingiz shundan.

Poxojee izobrajenie
Tuzlangan va marinadlangan eguliklar

Glutomat natriy kabi tuz va sirka ham ishtahaning karnay bo`lishiga sabab bo`ladi. Agar e`tibor bergan bo`lsangiz, bir dona marinadlangan bodring yoki pomidorni egandan keyin o`zingizni to`xtata olmay, bankada qolganini ham ishtaha bilan eyishga tushasiz. Yangi uzilgan bodring va pomidor bu darajada ishtaha ochmaydi.

Kartinki po zaprosu spesii
Ziravorlar

Taomga ko`p miqdorda ziravor qo`shish me`yoridan ortiq darajada ovqat eyishingizga olib keladi. Ovqatning haqiqiy mazasini his qilmagan ta`m bilish reseptori miyaga qorin to`yganligi haqidagi signalni etkizib bermaydi, oqibatda to`yganingizni bilmay, yana taomlanasiz.

Kartinki po zaprosu mayonez
Mayonez

Salatlarga, turli taomlarga ishlatiladigan sevimli mayonezimiz ham xavfli mahsulotlardan biri hisoblanadi. Tarkibida ko`p miqdorda yog` va qo`shimchalar ozish istagida bo`lganlarning eng xavfli dushmanidir. Ketchup, xantal souslari qatorida mayonez ham miyani aldab, ko`proq ovqat iste`mol qilishga majbur qiladi.

Qad-qomatingiz go`zal bo`lishini istasangiz, asosiy qoidani unutmang! Taomni tabiiy mahsulotlardan tayyorlang. Ziravor va qo`shimchalarni iloji boricha kamroq ishlating. Qani, shunda ham ozmay ko`ring-chi.

Шарҳлар