Му5
46

MEVALI TUHFA DESERTBOP SALATGA NIMA DEYSIZ?!

SUG'DIYONA 06.01.2018, 10:06
1730
MEVALI TUHFA DESERTBOP SALATGA NIMA DEYSIZ?!

Zarur masalliqlar: 100 gr. xurmo qoqi, bittadan banan, olma va kivi, yarimta apelsin, yarim piyola bodom mag`zi, 3 osh qoshiq yogurt, 2 osh qoshiq limon sharbati, qand upasi, rayhon bargi.

Tayyorlanishi: 1. Apelsin, olma, kivi va bananni archib, to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rang. Olmaga limon sharbatidan sepib qo`ying.

2. Xurmo qoqini donagidan ajrating. Bodom mag`zi bilan birga maydalab to`g`rab, mevalarga qo`shing.

3. Yogurtga qand upasini solib, istasangiz, biror meva qiyomidan ham qo`shing.

4. Aralashtirilgan mevalarni stakanlarga solib, ustidan yogurtdan quying. Salatni rayhon bargi bilan bezatishingiz mumkin.

15 daqiqa

3 kishilik

Шарҳлар