Му5
3

Afg`onistonda prezidentlik saylovlari o`tganligi tan olindi

Dunyo 08.04.2014, 11:15
2650
Afg`onistonda prezidentlik saylovlari o`tganligi tan olindi

Afg`onistonda bo`lib o`tgan saylov natijalari ba`zi kamchiliklarga qaramay o`tdi deb tan olindi.

Avval xabar berganimizdek, 5 aprel kuni Afg`onistonning saylov uchastkalariga “Tolibon”larning tahdidlariga qaramay millionlab afg`onlar kelishdi. Saylov davrida ommaviy qirg`inlar yuz bermadi, ammo uchastkalardan birida bo`lib o`tgan otishma oqibatida 6 kishi halok bo`ldi.

Ovozlarni hisoblash biroz vaqt oladi, ammo rasmiy shaxslarning ta`kidlashlaricha, saylovga 12 million fuqarodan 7 millioni tashrif buyurgan. Saylovning rasmiy natijalari faqat bir haftadan keyin ma`lum bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Afg`onistonga 2001 yildan tolibonlarning hukumatdan ag`darilganidan buyon mamlakatga Hamid Karzay rahbarlik qilib kelmoqda. Ammo, u uchinchi muddatga saylana olmaydi. 

Davlatning yangi rahbarini juda qiyin masalalar kutmoqda. Masalan, yangi saylangan prezident xalqaro ittifoq harbiylarini mamlakatdan chiqib ketishi hamda mamlakat xavfsizligini ta`minlashi kerak bo`ladi.  

Saylovda uch nafar nomzod g`alabaga da`vogarlik qilmoqda. Ular - sobiq ichki ishlar vaziri Rasul Zalmay, sobiq moliya vaziri Ashraf G`ani Ahmadzay va sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla. Saylovda nomzodlardan biri 50 foizdan ortiq ovoz to`play olmasa, 28 may kuni saylovning ikkinchi bosqichi o`tkaziladi. 

 

Шарҳлар